Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida maşinasining old yon oynalarini noqonuniy qoraytirgan va bunga çora körmoqçi bölgan YPX xodimini haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan haydovçi qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Joriy yil 30 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida YPX xodimi harakatlaniş bir tomonlama bölgan yölda şaxsiy maşinasi bilan qoidalarga zid ravişda qarama-qarşi harakatlangani haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati IIB YHXB mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi. Ma'lum bölişiça, YPX xodimi biroz avval qoçib ketgan qoidabuzar haydovçini körib qolib yölda qarama-qarşi yönalişda harakatlangan. Vaziyatdan foydalangan haydovçi esa voqeani öziça talqin qilib, ijtimoiy tarmoqlarda video çiqargan.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, joriy yil 30 iyul kuni soat 11:00larda M34 Toşkent-Duşanbe xalqaro avtomobil yölining Sirdaryo tumanidan ötuvçi 81-kilometrida xizmat olib borayotgan Sirdaryo tumani IIB YHXB YPX xodimlari old va orqa yon oynalari qoraytirilgan «Lasetti» maşinasini töxtatişgan. Tekşiruv davomida haydovçi faqat orqa yon oynalarni qoraytiriş uçun ruxsatnoma olgani, old yon oynalar noqonuniy tarzda qoraytirilgani aniqlangan.

YPX xodimi ma'muriy bayonnoma tuzib, maşinani vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylamoqçi bölganida haydovçi xodimni haqorat qilgan. Söng uning ustiga maşinasini haydab, xodimga tan jarohati yetkazgan va buyruqqa böysunmasdan hodisa joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi haydovçining böysunmasdan ketib qolgani yuzasidan Sirdaryo tumani IIB boşliği nomiga bildirgi bilan murojaat qiliş maqsadida bölimga ketayotganda qoidabuzar haydovçini Sirdaryo tumani Ziyokor mahallasi hududidan ötgan yölda maşinasining old yon oynalaridagi plyonkalarni yulayotgan holatda körib qolgan.

Şundan söng u haydovçi oldiga qaytib keliş uçun qarama-qarşi yönalişda harakatlangan. Şu payt haydovçi YPX xodimining yölini tösib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Bundan taşqari, u YPX xodimining kökrak nişoni va bodikamerasini yulib, dalaga uloqtirgan.

Hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB hamda Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilgan. YPX xodimining bodi kamerasiga yozib olingan lavhalar tekşirib körilgaç, holat oydinlaşgan. Suriştiruv natijasiga köra, Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan haydovçiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) tartibida jinoiy iş qözğatilgan. Qoidabuzar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.