Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qişloq xöjaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi va «Roehren-und Pumpenwerk Bauer Gesellschaft.m.b.H» kompaniyasi örtasida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni yetkazib beriş va töliq örnatiş böyiça imzolangan kelişuvga muvofiq «UniCredit Bank Austria AG» banki tomonidan 26 yil 6 oyga 8 yillik imtiyozli davri bilan 7,9 mln yevro miqdorida kredit berilişi ma'qullangan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- «Özbekiston qişloq xöjaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş» loyihasini moliyalaştiriş uçun «UniCredit Bank Austria AG» bankining krediti böyiça asosiy qarzni, unga hisoblanadigan foizlar va boşqa tölovlarni qaytariş prognoz jadvali;
- Zamonaviy yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini yetkazib beriş va töliq örnatiş tartibi töğrisidagi nizom.
Loyiha Özbekiston hududida amalga oşiriladi. Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi «Burğilaş xizmati» MÇJ loyiha ijroçisi hisoblanadi.
Loyiha ijroçisi Unicredit Bank Austria AG bankidan jalb etilayotgan kredit böyiça asosiy qarz, hisoblanadigan foiz va boşqa tölovlar tölanişi uçun mas'uldir. Kredit ijroçi tomonidan öz vaqtida söndirilmagan taqdirda qarzdorlik Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat ta'minoti jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Nizomda Avstriyaning «Roehren-und Pumpenwerk Bauer Gesellschaft.m.b.H.» kompaniyasi (işlab çiqariş taşkiloti) tomonidan işlab çiqariladigan zamonaviy yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini yetkazib beriş va töliq örnatiş tartibi belgilangan.
Suğoriş texnologiyalarini joriy etuvçi taşabbuskorlar manzilli röyxatini şakllantiriş uçun qişloq xöjaligi vazirining örinbosari rahbarligida işçi guruh tuziladi. Vazirlik loyiha uçun ajratilgan mablağlar doirasida manzilli röyxatni şakllantiriş böyiça özining rasmiy veb-saytida hamda axborot resurslarida e'lon beradi.
Suğoriş texnologiyalarini joriy etuvçi taşabbuskorlar e'lon berilgan kundan boşlab bir oy muddatda vazirlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- suğoriş texnologiyalarini joriy etiş töğrisida belgilangan şakldagi ariza;
- suğoriş texnologiyalari joriy etiladigan yer uçastkasi töğrisida ma'lumotlar;
- joriy qilinadigan suğoriş texnologiyalari töğrisida ma'lumotlar.
Işçi guruh taşabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ön iş kunida körib çiqadi hamda ularni manzilli röyxatga kiritiş yoki kiritişni asoslantirilgan holda rad etişi töğrisida qaror qabul qiladi. Işçi guruh qarori tegişli xulosa şaklida rasmiylaştiriladi.
Vazirlik tasdiqlangan manzilli röyxatni va taşabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uç iş kunida işlab çiqaruvçi taşkilotga yetkazadi. Taşkilot taqdim etilgan hujjatlar asosida ikki oy muddatda har bir taşabbuskor uçun tijorat takliflarini şakllantiradi va vazirlikka taqdim etadi.
Vazirlik tijorat takliflarini beş iş kunida taşabbuskorlarga yozma yoki elektron şaklda davlat tilida taqdim etadi.












