2021 yil 28 iyul kuni Namangan şahar "Yangiquriliş" MFYda joylaşgan 10-sonli oila poliklinikasida şifokor bölib işlovçi, 1994 yilda tuğilgan N.K.ning oldiga Namangan şahrida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan B.N. va akasi, 1996 yilda tuğilgan G.N. farzandining soğliği yaxşi emasligi va tana harorati kötarilib ketganligidan şikoyat qilib, tibbiy yordam sörab kelgan.
Şifokor N.K. tibbiy körik ötkazib tana harorati kötarilmaganini aytganida, fuqaro, 1999 yilda tuğilgan B.N. notöğri taşxis qöyildi deb janjal kötarib, şifokorni urgan.
Şifokorning olgan tan jarohati böyiça sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bölib, 2021 yil 4 avgust kungi xulosaga köra şifokorga soğliğining buzilişiga sababçi bölgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlariga kirişilgan.












