3 avgust kuni ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida prezident va tadbirkorlar örtasida rejalaştirilayotgan muloqotga oid ma'lumotlar taqdim etildi.
«Joriy yil 9 oy yakunida budjetga 93 trillion söm soliq va 23 trillion söm bojxona tuşumlari ta'minlanişi lozim.
Markaziy bank yil yakuniga qadar iqtisodiyotga ajratilgan kredit hajmini 135 trillion sömga yetkaziş, şundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida 9 trillion söm kreditlar ajratişni ta'minlasin.
Şuningdek, yillik inflatsiya darajasining prognoz körsatkiçlari doirasida (10 foiz) bölişini ta'minlaş böyiça barça zaruriy çoralarni körib borsin.
Umuman olganda, Qöçqorov yil yakuni böyiça iqtisodiy ösiş 6,5 foiz darajadan kam bölmasligi uçun tarmoq va hududlar kesimida haftalik nazorat örnatib, mavjud muammolarni hal etiş va qöşimça imkoniyatlarni işga soliş çoralarini körib borişi kerak», degan davlat rahbari.
Yiğilişda tadbirkorlar bilan ötkazilişi rejalaştirilgan oçiq muloqot böyiça ham töxtalib ötilgan.
«Xabaringiz bor, kelgusi haftada biznes vakillari bilan oçiq muloqot ötkaziladi. Bugungi kunga qadar respublika ştabiga tadbirkorlardan 10 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tuşdi.
Toşkent şahridan – 1 ming 150ta, Toşkent viloyati – 950 ta, Qaşqadaryo – 930 ta, Surxondaryo – 920 ta, Samarqand – 900 ta, Andijon – 880 ta, Namangan – 850 ta, Farğona – 820 ta, Buxoro – 740 ta, Xorazm – 680 ta, Jizzax – 560 ta, Sirdaryo – 470 ta, Navoiy – 345 ta va Qoraqalpoğistondan – 420 ta murojaat.
Ularda kötarilgan masalalarning 8 mingdan ortiği yoki 86 foizi şaxsiy masalalarga oid bölib (kredit va subsidiya ajratiş, böş binolarni ijaraga oliş, infratuzilmaga ulaniş, soliq qarzdorligi, xususiy mulk himoyasi), hozirgi kungaça ularning yarmi joylarda hal etildi.
Qoraqalpoğiston – 41 foiz, Andijon – 32 foiz, Buxoroda – 36 foiz, Jizzaxda – 36 foiz, Qaşqadaryo – 34 foiz, Navoiy – 33 foiz, Namangan – 33 foiz, Samarqand – 32 foiz, Surxondaryo – 41 foiz, Sirdaryo – 37 foiz, Toşkent – 32 foiz, Farğona – 39 foiz, Xorazm – 35 foiz va Toşkent şahrida – 21 foiz murojaatlar hal qilingan.
Şunday bölsa-da, «Koll markazlar»ga kuniga 1 mingtagaça murojaat kelib tuşmoqda.
Şu sababli, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar böyiça qamrovni yanada kengaytiriş maqsadida, murojaatlarni qabul qiliş 10 avgustga qadar davom etadi.
31 ta vazirlik va idora rahbarlari örinbosarlari hokimlar bilan birga, murojaatlarni tezkorlik bilan hal etişga şaxsan mas'ul böladi.
Heç bir murojaat öz holiga taşlab qöyilmasligi, Boş vazir virtual qabulxonasida elektron röyxatga olinişi va nazorat qilinişi kerak», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti avgust oyining boşida bölib ötişi va şu sabab takliflar 31 iyulgaça qabul qilinişi aytilgandi.
Davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov 2 avgustdagi brifingda Şavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar uçraşuvi nima sababdan keyinroqqa qoldirilganiga izoh berdi.
«Murojaatlarning dinamikasidan kelib çiqqan holda ştab murojaatlarni qabul qiliş muddatini yana bir neça kunga uzaytirmoqda. Keça olgan ma'lumotlarimizga köra, bu muddat 5 avgustgaça çözilyapti», degan Asadov.
Bundan avval boş vazir örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov tadbirkorlardan tizimli takliflar kutayotganini aytib ötgandi.











