Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazişi va bu uçraşuvdan avval 20-31 iyul kunlari, ya'ni 11 kun davomida butun Özbekiston böylab tadbirkorlar öz sohasini rivojlantiriş böyiça takliflarini prezidentga yetkazişi mumkinligi aytilgan edi. 

Davlat rahbari matbuot kotibi Şerzod Asadovning ma'lum qilişiça, murojaatlar qabul qilinişi 5 avgustga qadar uzaytirilgan.

Şuningdek, Şerzod Asadov murojaatlar mazmuni haqida ham ma'lumotlar berdi.

“Şu kungaça 10 mingga yaqin murojaatlar kelib tuşgan. Ularning 85-86 foizi individual xarakterda, ya'ni kredit beriş, biznesni moliyalaştiriş, subsidiyalar, yer oliş kabi masalalar böyiça. 14-15 foizi yangi ğoyalar, taşabbuslar, tizimli muammolarni hal qiliş böyiça takliflardan iborat.

Murojaatlar kategoriyalarga bölinib, çuqur örganilyapti. Agar qaysidir murojaat hudud darajasida hal qilib bölinadigan bölsa, ştab tomonidan viloyatlarga, tumanlarga jönatilyapti. Şu paytgaça şaxsiy murojaatlarning 40 foizi joylarda hal qilib bölindi. Qolganlari böyiça ham tadbirgaça iş olib boriladi, tadbirdan keyin ham hal qiliş davom etadi.

Murojaatlar juda köp kelayotgani hisobga olinib, ularni qabul qiliş muddati 5 avgustgaça uzaytirilyapti”, dedi Şerzod Asadov OAV uçun an'anaviy brifingda.