“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid toliblar Afğoniston mudofaa vazirining Kobuldagi uyiga hujumdan keyin afğon mansabdor şaxslariga hujumlarni davom ettirişini aytdi.

3 avgustda noma'lum şaxslar Afğoniston mudofaa vaziri general Bismillo Xon Muhammadiyning uyiga hujum uyuştirdi. Hujum davomida 8 kişi halok bölgan, 20 kişi jarohat olgan.

Keyinroq hujum uçun javobgarlikni “Tolibon” öz zimmasiga olgan.

“Xudkuşning bu hujumi ma'muriyat yetakçilari va muhim şaxslariga qarşi javob amaliyotining boşlanişidir”, deb yozgan Mujohid Twitter’da.

Guvohlardan birining ta'kidlaşiça, Afğoniston mudofaa vaziri uyi oldida dastlab avtomobil portlatilgan, söngra uyga bir neça qurollangan kişi bostirib kirgan. Hujum oqibatida Muhammadiy va uning oila a'zolariga zarar yetmagan.