Xatirçi Navoiy viloyatining qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan, eng köp paxta yetiştiradigan tumani hisoblanadi. Joriy yilda hududda 285 ta fermer xöjaligining 10 685 ga ekin maydonida ğöza parvariş qilinmoqda. Ammo suv muammosi tufayli ayrim fermer xöjaliklarida ğöza nihollari rivojlanişdan ortda qolyapti.

Xususan, tumanning Oq oltin mahallasi hududida joylaşgan «Hasan Husan botirlar», «Toştemir Şuhrat», «Şoxsuvor», «Mirabbos Mirjalol», «Şaxriyor loçin» fermer xöjaliklariga tegişli qariyb 100 ga ekin maydonidagi ğöza öz vaqtida suğorilmaganligi sababli nobud böliş arafasida.

«Toştemir Şuhrat» fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi Ziyodulla Umarovning ma'lum qilişiça, hududdagi fermerlarning dalasiga Tos kanalidan nasos orqali suv keladi. Öz vaqtida suv berilmaganligi ğöza parvarişini 10–15 kun ortga surmoqda.

«Gektariga 40 sentner reja qöyilgan. Ğalla yaxşi bölmagandi. Agar ahvol şu bölsa, paxta rejasini ham bajara olmaymiz. Fermerlarimiz qarzdor bölib qolaveradi keyin. 85–90 gektardagi paxta şu ahvolda. Suv masalasi qiyin bölyapti. Özi asad oyidan 20 kun vaqt qolyapti. Şu muddatda holatni önglab olsak oldik, yöqsa 20 kundan söng sunbula kiradi. Sunbulaning köragidan paxta çiqmaydi, oçilmaydi. Hozir bizning paxtamiz suvga navbat tufayli 10–15 kun orqaga ketdi. Agar bir hafta oldin suğorganimizda, ğözalar bu ahvolga tuşmasdi», — deydi Ziyodulla Umarov.

Hududdagi asosiy suv manbai Tos kanali hisoblanadi. Uşbu kanaldan fermerlar ham, aholi ham suv oladi. Hudud mirobi Şoakbar Muxtorovning ta'kidlaşiça, atrofdagi fermerlarning dalasiga suv 100 foiz nasos orqali çiqariladi.

«Haqiqatan yilimiz oğir keldi, qurğoqçilik böldi. 22 iyuldan şu kungaça bölgan garmsel ham ğözamizni ança çarçatib qöydi. Hozirgi keça-kunduzda 4 ta nasos orqali suv berilyapti. Oq oltin mahallasi hududida 11 ta fermer xöjaligi bor. Suv kam bölgani uçun 2 kundan navbat bilan suv berilyapti.  Navbat tufayli har bir fermerdan 5-6 gektardan ğöza rivojlanişda orqada qoldi.

Töğri, suv kam bölgani uçun fermerlarimiz norozi bölmoqda. Qolaversa, şu yil issiq 60 darajagaça çiqib ketdi. Ammo işining közini bilgan fermerlar şu holatda ham aql bilan harakat qilyapti. Töğrisini aytiş kerak, ayb özimizda ham bor. Faqat suv demasdan, zarur agrotexnik işlarni-da vaqtida amalga oşirişimiz kerak», — deya holatga izoh berdi Şoakbar Muxtorov.

Bir söz bilan aytganda, Oq oltin mahallasining daşt hududida joylaşgan fermerlarning e'tirozida jon bor. Ekin dalalaridagi ğöza suvsizlikdan açinarli holatga kelib qolgan. Viloyat va tuman mutasaddilari vaziyatni örganib, masalaga jiddiy e'tibor qaratmas ekan, bu muammo ğalvirni suvdan kötariş pallasida öz sözini aytişi aniq.

Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.

Montaj ustasi Jahongir Aliboyev.