Global Times naşrining xabar berişiça, jazoga tortilganlar orasida Nankin vitse-meri Xu Vanszin bor. U epidemiyani nazorat qilişda öz majburiyatlarini tegişliça bajara olmagani uçun jarimaga tortilgan. Şuningdek, mahalliy soğliqni saqlaş komissiyasi rahbari Fan Çjunyu sifatsiz işi uçun lavozimidan olingan va unga “jiddiy ogohlantiriş” berilgan.
Olib borilgan tergov natijasida Eastern Airports xalqaro kompaniyasi boş direktori örinbosari Van Çao hibsga olingan. Uşbu kompaniya aeroportda kasallanişlar ortidan nazorat olib boriş bilan şuğullanadi.
Ta’kidlanişiça, jazoga tortilganlar soni oşişi mumkin, çunki yana bir neça kişiga nisbatan tergov olib borilmoqda.
Nankin aeroporti Lukou Xitoyda koronavirusning yangi avj olişi öçoğiga aylandi. Virusning bu yerda aniqlangan “delta” ştammi mamlakatning 20dan köproq şahrida tarqaldi.
Aeroportda virus bilan ilk kasallaniş holatlari 20 iyul kuni qayd etilgan. Taxmin qilinişiça, bunga Air China aviakompaniyasining 10 iyulda Rossiyadan uçib kelgan samolyotini tozalagan işçilar sabab bölgan. Ta’kidlanişiça, ular tozalaş işlari vaqtida şaxsiy dezinfeksiya me’yorlarini buzgan bölişlari mumkin. Natijada ular virusni boşqa hamkasblariga yuqtirişgan.













