“Dunyo amaliyotida vaksina samaradorligi 50 foizdan yuqori deb baholansa, demak, bu vaksina samarador deb hisoblanadi. Biz aholini Özbekiston-Xitoy hamkorligida işlab çiqarilgan vaksina bilan emlaş barobarida faqat 1-emlaşning yakunida 50 foizdan yuqori samaradorlikka erişyapmiz.
Şu bilan birga, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti e'tirof etyaptiki, vaksinalar ta'minotida uzilişlar bölsa, u holda emlaşlar oraliğidagi intervalni birmunça kengaytiriş maqsadga muvofiq.
Belgilangan muddatdan yana 12 haftaga uzaytirilişi mumkin. Bu degani 3 oy davomida [dozalar orasida] interval saqlaş mumkin.
Aynan Özbekiston-Xitoy hamkorligida işlab çiqarilgan vaksinalar bilan emlaş tadbirlarining tahlili şuni körsatdiki, 2-marta emlanişi kerak bölgan aholining 50 foizi, 3-marta emlanişi kerak bölgan aholining 70 foizi, ming afsuski, emlaş tadbirlarida kelmagan.
Bundan körinib turibdiki, agar ularning 2- va 3-dozalarni oliş uçun kelişlarini kutib ötiradigan bölsak, vaqtdan yutqazamiz. Şu bois ham aholining katta bir qismida qisman bölsa ham immunitet şakllantiriş uçun, olib kelingan vaksinalarni birinçi navbatda aholini 1-doza bilan emlaşga işlatişni maqsadga muvofiq deb topdik.
Negaki, biz 1-marta emlaş orqali kasallikka qarşi qisman immunitet şakllantirişimiz, qolaversa, kasallik yuqqan taqdirda ham u oğir asoratlar bilan keçişining oldini olişimiz mumkin böladi.
Hurmatli yurtdoşlar, hozir dunyo hamjamiyatida vaksinalarga ehtiyoj keskin ortib boryapti, aholining vaksinalarga bölgan işonçi ortyapti. Qolaversa, hozir dunyoda 4,5 milliardga yaqin vaksina işlatildi. Hozir Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti gibrid vaksinalar haqida ham qayğuryapti.
Bu nima degani? Agar biz biror-bir vaksina bilan emlaşni boşlasak, boşqa vaksina bilan yakunlaş haqida ham boş qotirişyapti. Qolaversa, mabodo şunday holatlarga ehtiyoj böladigan bölsa, u holda vaksinalar ketma-ketligi haqida ham öylab körişyapti.
Öylaymanki, vaksinalar ta'minotida heç qanaqa muammolar bölmaydi; biz faqat vaksinalarni imkon qadar köproq aholini qamrab oliş maqsadida 1-marta emlanayotganlarga işlatyapmiz”, – deydi Nurmat Otabekov Soğliqni saqlaş vazirligining Telegram-kanalida e'lon qilingan audioizohida.













