Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi va Toşkent viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

  • Çorvoq suv ombori atrofi va unga tutaş hududlardagi barça toifadagi yerlarda örmon bilan qoplangan va örmon barpo qiliş mumkin bölgan maydonlarni xatlovdan ötkaziş, xatlov natijasi asosida belgilangan tartibda qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni örmon fondi yerlari toifasiga ötkaziş hamda çorva mollarining boqilişini taqiqlaş;
  • Çorvoq suv ombori atrofi va unga tutaş hududlarda yerlar degradatsiyasining oldini oliş, kuçli şamol va çangli böronlar ta'sirini yumşatuvçi ihota daraxtzorlarini barpo etiş;
  • geoaxborot texnologiyalari, şu jumladan, yerni masofadan zondlaş va kosmik monitoring texnologiyasini keng joriy etgan holda, örmon fondining hayotiy davri haqidagi aniq va doimiy ma'lumotlarni tahlil qiliş, örmon fondi degradatsiyasi va örmonlarning noqonuniy kesilişini aniqlaş va nazorat qiliş tizimini yölga qöyiş;
  • aholi yaşaydigan va maxsus turistik zona hisoblangan toğ va toğ oldi hududlarida tabiiy omillar ta'sirini yumşatiş, yerlar degradatsiyasining oldini oliş, ösimlik va hayvonot dunyosi muhofazasi va ularni qayta tiklaş böyiça ilmiy yeçimlarni aniqlaş hamda yangi texnologiyalarni joriy qilişga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida taşkil etiş.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi Çorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi toğ va toğoldi hududlarida ösimlik qoplami qisqarişining oldini olişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • toğ va toğoldi hududlarini örmonlaştiriş hamda yer eroziyasining oldini oliş böyiça mahalliy flora tarkibida uçraydigan daraxt va butalar sonini köpaytiriş;
  • kuçli şamol va çangli böronlar ta'sirini yumşatuvçi ihota daraxtzorlarini barpo etiş;
  • çorva mollarining boqiliş hududlari va çiqindi zonalarini tartibga soliş;
  • ösimlik qoplamining qisqarişiga ta'sir etuvçi tizimli omillarni örganişga qaratilgan keng kölamdagi ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, aholi salomatligini asraş;
  • kökalamzorlaştirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş.