Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida quvvati 20 MW bölgan şamol elektr stansiyasi işga tuşirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, stansiyaning oçiliş marosimi 20-avgust kuni bölib ötgan. Unda Xitoyning Özbekistondagi elçisi Yu Jun, şuningdek, viloyat va tuman hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, Özbekgidroenergo, energetika va quriliş korxonalari vakillari iştirok etgan.
Elektr stansiyasi har biri 5 MW quvvatga ega törtta turbinadan iborat, yiliga 50 mln kWh’gacha elektr energiyasi işlab çiqarişi mumkin. Bu hajm 20 mingta xonadonni elektr bilan taʼminlaş imkonini beradi.
Şamol elektr stansiyasining işga tuşirilişi yiliga yuz minglab kub metr tabiiy gazni tejaş va atmosferaga çiqariladigan zararli çiqindilarni sezilarli darajada kamaytirişi mumkin.
Energetika vazirligi maʼlumotiga köra, loyiha Özbekistonning ekologik barqarorligini taʼminlaş va uglerod izini kamaytirişga xizmat qiladi.
Şamol elektr stansiyasining qiymati 28 mln dollarni taşkil etgan. Loyiha Xitoy hukumati tomonidan beğaraz yordam - grant şaklida moliyalaştirilgan.

















