Pokistonning Panjob viloyatida 8 avgustda yuz bergan yöl-transport hodisasida kamida 10 kişi halok böldi. Geo News telekanalining xabar berişiça, 7 kişi şifoxonaga yetkazilgan, biroq ulardan biri keyinroq vafot etgan.

Politsiya ma'lumotlariga köra, Gujranvala şahrida yuz bergan avtohalokatda yuk maşinasi yölovçilarni olib ketayotgan avtofurgon bilan töqnaşib ketgan. Şundan keyin avtofurgonning orqa qismida örnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Mahalliy şifoxona xodimlarining ta'kidlaşiça, jarohatlanganlarning ahvoli oğir deb baholangan.