Qayd etilişiça, unda Özbekiston boş vaziri maslahatçisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri birinçi örinbosari Oleg Pekos hamda boşqalar iştirok etişdi.
Tadbir davomida poytaxtda yangi – Velos sity loyihasi yölga qöyilişi haqida axborot berildi. Unga köra, Toşkent markazidagi Milliy boğdan Yunusobod tumanining 12-dahasigaça veloyölak taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Loyihaga köra, veloyölak yönalişi 13 ta joydan ötadi. Ular orasida “Xalqlar döstligi” metro bekati, “Özbekiston” metro bekati, “TsUM”, Temuriylar tarixi muzeyi, Oloy bozori, “Minor” metro bekati, Bodomzor köçasi, TATU, Toşkent teleminorasi (Şahriston köçasi), “Universam”, “Megaplanet” gipermarketi bor. Loyiha haqida boşqa qöşimça ma'lumot berilmagan.
Şuningdek, tadbirda “Toşşahartransxizmat” mutaxassislari tomonidan “Toşkent transporti” mobil ilovasi taqdimoti ham ötkazildi.
Qayd etilişiça, endilikda mazkur mobil ilova foydalanuvçilari şahar jamoat transporti harakat tarkibini real vaqtda kuzatiş, avtobuslar safar vaqti haqida ma'lumotga ega böliş, foydalanuvçi turgan joyga eng yaqin bölgan oraliq bekatlar töğrisida ma'lumotga ega böliş, manzilga eltuvçi eng tezkor va foydali yönalişga ega böliş, şahar jamoat transportida harakatlanişning eng maqbul usulini topiş, harakatlaniş çizmasi, lokatsiyasi hamda avtobuslar va foydalanuvçi harakat tarixini saqlaş, elektron transport kartalari sotiş şoxobçalari joylaşuvini tezkorlik bilan topiş va uşbu manzilga harakatlanuvçi avtobus yönalişini köriş hamda şaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yönalişning A nuqtadan B nuqtasiga boriş böyiça aniq qöllanmaga ega bölişlari mumkin.












