Toşkent şahri hokimligi Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi binosi yonida sunʼiy köl va dam oliş maskani qurilayotgani haqida videolavha eʼlon qildi.

Xabarda «Toşkent şahrida yangi sunʼiy köllar va yaşil hududlarni taşkil etiş, şuningdek, avval mavjud bölgan, biroq vaqt ötişi bilan yöqolgan yoki tugatilgan suv havzalari hamda yaşil hududlarni qayta tiklaş böyiça izçil işlar olib borilayotgani» qayd etilgan.

Uşbu taşabbus doirasida Çilonzor tumani Beşyoğoç mahallasida aholi va şahar mehmonlari uçun yangi dam oliş maskani barpo etilmoqda. Loyiha Toşkent şahar hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida amalga oşirilmoqda.

Loyihaning umumiy maydoni 23 ming metr kvadrat (2,3 gektar) bölib, şundan 18 700 metr kvadrat qismi sunʼiy köl uçun ajratilgan. Kölning suv siğimi qariyb 37 400 metr kubni taşkil etadi.

Loyiha doirasida hududni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, 150 tup yangi daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Şuningdek, dam oluvçilar uçun umumiy uzunligi 4 600 metr bölgan piyodalar va veloyölaklar, ikkita favvora hamda boşqa zarur infratuzilma taşkil etiş közda tutilgan.

Loyihaning öziga xos meʼmoriy yeçimlaridan biri köl hududida örnatilişi rejalaştirilayotgan 30 metr balandlikdagi aylanuvçi arkali ramziy darvozadir.

Qayd etilişiça, uşbu inşootning meʼmoriy konsepsiyasini şakllantirişda italiyalik mutaxassislarning dastlabki takliflari ham örganilgan. Mazkur ğoyalar mahalliy mutaxassislar tomonidan qayta işlab çiqilib, hududning öziga xos xususiyatlari va loyiha talablariga moslaştirildi.

Loyihaçi «Lider Prof Proyekt» MÇJ mutaxassislari tomonidan arkali inşootning murakkab konstruktiv va mexanik yeçimlarini işlab çiqişda xorijiy, jumladan, xitoylik mutaxassislar bilan texnik hamkorlik imkoniyatlari ham körib çiqilmoqda.

Şuningdek, dastlabki loyiha yeçimlarida arkali inşoot içida ikkita lift joylaştiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.