Qayd etilişiça, Özbekiston elçisi Muxsinxöja Abdurahmonov Xirosima universiteti prezidenti Mitsuo Oçi bilan uçraşuv ötkazgan. Suhbat davomida Yaponiya universiteti va Özbekiston universitetlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Muzokaralar natijasida koronavirus bilan boğliq vaziyat barqarorlaşganidan keyin Xirosima universiteti delegatsiyasining Özbekistonga amaliy safarini va sentabr oyida Özbekiston tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uçun onlayn-ma'ruzalar taşkil etiş, şuningdek, Yaponiyada özbek talabalarini tayyorlaş uçun qöşimça grant mablağlari ajratiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, diplomatik missiya rahbari Xirosima universitetida tahsil olayotgan vatandoşlar bilan uçraşgani va talabalarning dissertatsiya mavzulari bilan tanişgani aytiladi.
«Yurtdoşlarimizga mamlakat rahbariyati çuqur bilimga, jumladan, öz mutaxassisligi va xorijiy tillarni mukammal egallagan yoşlarga katta umid boğlayotgani, şuningdek, ularga Özbekistonda işlaş uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratilişi ta'kidlandi», deyiladi ma'lumotda.












