Dunyoda koronavirusdan emlanganlar soni ortib borar ekan, pandemiya ustidan qozonilajak ğalaba, çegaralarning oçilişi, transport aloqalarining tiklanişi va umuman olganda biz pandemiyagaça bilgan odatiy hayot tarziga qaytiş haqida köp gapirila boşlandi. Biroq JSST vaksinatsiya katta templarda ketayotgan badavlat davlatlarga nafaqat niqoblarni yeçmaslik balki boşqa çeklov çoralarini ham bekor qilmaslikni tavsiya qilmoqda. Olingan vaksina virus yuqişidan qançalik muhofaza qiladi va niqoblarni qaçon yeçiş mumkin böladi?

Yaşirin tahdid

Bir oy muqaddam Singapurdagi ruhiy xastaliklar internatining 37 yoşli bemorida koronavirus aniqlanganda muassasa rahbariyati vahima kötarişga şoşilmadi.

Muassasaning öziga xosligi hisobga olingan holda barça xodim va salomatligi omonat bölgan xastalar risk guruhiga kiruvçilar sifatida fevral-mart oyidayoq emlanişgandi. Biroq har ehtimolga qarşi internat karantinga yopildi. Barça xodim va bemorlar, şuningdek, kasallangan ayol va uning boquvçisi bilan muloqotda bölganlar karantinga olindi va muntazam test qilib turildi.

Keyingi hafta davomida öttiz kişida, şu jumladan, filippinlik boquvçi ayolda ham virus aniqlandi. Undan taşqari, internatning tört xodimi va 26 nafar bemorida ham koronavirus aniqlandi.

Kasallanganlarning aksari koronavirusga qarşi emlangan (ya'ni ikki dozani ham olgan) va diagnoz qöyilgan çoğda heç qanday simptomlar yöq edi.

Markazdagi kök aylana 37 yaşar bemor. Yaşil aylanalar u bilan muloqotda bölgan va emlanib, virus yuqtirganlar. Kulrang aylanalar – emlanmaganlar.

Emlaniş virusdan 100 foiz himoya qilmaydi, deya tasdiqlaydi JSST. Ikkala doza olinib, organizmning immun javobi maksimal darajaga çiqişi kutilgan taqdirda ham, koronavirus bilan kasallaniş ehtimoli qolaveradi.

Undan taşqari, emlanişga bölgan reaksiya juda ham individual. Qariyalar, surunkali kasalliklari bor yoki antidepressantlar içadigan odamlarda organizmning himoya javobi sustroq bölişi mumkin. Demak, hatto vaksinatsiyadan keyin ham ularga virus yuqişi ehtimoli yuqoriligiça qolaveradi.

Umuman olganda, köplab tadqiqotlar emlangan odam koronavirus yuqtirgan taqdirda ham, infeksiya unda asosan simptomlarsiz, kamdan kam hollarda nisbatan yengil şaklda ötişini körsatadi.