2020-2021 yillar davomida kuz mavsumi kelişi bilan an’anaviy tarzda COVID-19 kasalligining keskin köpayişi kuzatilgan edi. Bir neça oy oldin epidemiologlar va rasmiylar şunga öxşaş ssenariy 2022 yil kuzida ham takrorlanişidan qörqişgandi. Ammo sentabr oyi boşida prognozlar optimistik böldi. 

JSST xabariga köra, sentabr oyida koronavirusdan ölim miqdori pandemiya tarixida rekord darajada pasaygan. 

Buning bir qança sabablari bor, lekin asosiysi şundaki, hozirda eng keng tarqalgan ştamm - omikron - virusning birinçi variatsiyalariga qaraganda ança zaiflaşdi. 

«Endi bu boşqaça virus. Aholining hozirgi immuniteti hisobga olinsa, COVID-19 kasalligining oğir keçiş ehtimoli past», dedi Buyuk Britaniyadagi Reding universiteti virusologiya professori Yyen Jons. 

Sönggi oylarda köplab mamlakatlarda kasallikdan keyin paydo böladigan tabiiy immunitet kuçaygan. Biroq, bu unçalik kuçli emas va qayta kasallanişni istisno qilmaydi, deb ogohlantirişmoqda virusologlar. Şu tufayli emlanişni unutmaslik kerak. 

Samaradorlikni oşiriş uçun mavjud vaksinalar omikronga moslaştirilmoqda: yangilangan Pfizer va Moderna allaqaçon muomalaga kiritilgan, rossiyalik işlab çiquvçilar «Sputnik V» vaksinasining yangi versiyasini tayyorlamoqda. 

JSST ma’lumotlariga köra, pandemiya boşlanganidan beri dunyo böylab 6,4 milliondan ortiq odam koronavirusdan vafot etgan.