Euronews xabariga köra, Tramp uzoq vaqtdan beri MMR vaksinalarining xavfsizligini şubha ostiga olib keladi. Duşanba kuni Oval kabinetda farmonni imzolaş çoğida Tramp emlaş jadvali yoki miqdori göyoki autizm spektri buzilişlarining tarqalişi ösişiga hissa qöşişi mumkinligiga bir neça bor işora qildi. Şu bilan birga, köplab tadqiqotlar bu emlaşlar va autizm örtasida heç qanday boğliqlik yöqligini aniqlagan.
Farmonda bolalarga qilinadigan vaksinalar sonini (Amerika pediatriya akademiyasining amaldagi tavsiyalariga köra) 18 tadan 11 taga qisqartiriş tavsiya etiladi.
Farmonga binoan barça bolalar uçun tavsiya etilgan emlaşlar qatoriga qizamiq, tepki, qizilça, difteriya, qoqşol, kökyötal, poliomiyelit, b (Hib) tipidagi gemofil infeksiya, pnevmokokk infeksiyasi, odam papillomasi virusi va suvçeçakka qarşi vaksinalar kiradi.
Röyxatdan gepatit A va B, meningokokk infeksiyasi, rotavirus, COVID-19 va grippga qarşi vaksinalar çiqarib taşlandi. Bu emlaşlar faqat xavf guruhidagi bolalarga tavsiya etiladi.
“Biz vaksinalar sonini qisqartiryapmiz”, - dedi Tramp. - “Gap faqat vaksinalarni kamroq qiliş haqida emas, balki ularni şifokor qabuliga bir neça marta borgan holda qabul qiliş haqida ham ketmoqda”.
Tramp uşbu qarorni “ota-onalar huquqlari, diniy va konstitutsiyaviy erkinliklar hamda eng yuqori darajadagi ilm-fan uçun ulkan ğalaba” deb atadi.

Jamoatçilik salomatligi sohasidagi mutaxassislarning ogohlantirişiça, Tramp taklif qilayotganidek, emlaş jadvalini uzaytiriş bola keyingi qabulga kelguniga qadar vaksina yordamida oldini oliş mumkin bölgan kasallikka çaliniş xavfini oşiradi.
Bolalar vaksinalari, şuningdek, ularni birgalikda qöllaş sxemalari sinçkovlik bilan klinik sinovlardan ötkaziladi, ularning xavfsizligi esa qöllana boşlaganidan keyin ham köp yillar davomida nazorat qilib boriladi.
Amerika pediatriya akademiyasi prezidenti, doktor Endryu Resin sözlariga köra, bu qaror “bunga zarraça hojat bölmagan” joyda noaniqlik, qörquv va tartibsizliklarni keltirib çiqarmoqda. U Trampning tavsiyalarini tanqid qilib, amaldagi qoidalar saqlanib qolişi kerakligini ta’kidladi.













