Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov KXŞTga a'zo mamlakatlar öz hududlarida Amerika qöşinlari joylaştirilişidan manfaatdor emasligini aytdi.
«Amerikaliklar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ularning hududida Afğonistondan olib çiqib ketilayotgan qurolli kuçlarining bir qismini joylaştirişga kelişişga harakat qilib kördi. Ammo bu masalada bizning pozitsiyamiz Qozoğiston, Tojikiston, Özbekiston pozitsiyasi bilan mos tuşmoqda. Bu heç kimga kerak emas», — dedi u.
Lavrovning sözlariga köra, Rossiya Afğonistondagi voqealar Markaziy Osiyoga yoyilişidan xavotirda.
U şuningdek, Moskva Afğonistondagi bugungi holatdan qoniqmayotgani va tezroq muzokaralar jarayonini boşlaşga çaqirişini aytdi.
13 avgust kuni «Tolibon» harakati jangarilari Laşkargoh şahrini egalladi. Ular bir kun avval Qandahorni nazorat ostiga olgandi. Bundan taşqari, Hirot şahri ham toliblar qöliga ötgan.
Bunga qadar esa jangarilar Nimröz, Juzjon, Saripul, Kunduz, Tohar, Samangan, Farah, Boğlon va Badaxşon viloyatlari markazlarini egallagandi.













