Kallas bu haqda 30-oktabr kuni AQŞning Atlanta şahrida ötgan G20 taşqi işlar vazirlari uçraşuvi doirasida AFP agentligiga bergan izohida aytgan.

Uning taʼkidlaşiça, Rossiya taşqi işlar vaziri uçraşuvda köplab yolğon va buzib talqin qilingan maʼlumotlarni keltirgan. Yevropalik iştirokçilar esa ularni rad etişga muvaffaq bölgan.

AFP jurnalisti Lavrov uruşni tugatiş uçun yon berişga tayyorlik bildirgan-bildirmaganini söraganida, Kallas rad javobini bergan. U Rossiyaning amaliy harakatlari muzokaralarga tayyorlik haqidagi gaplarga mos kelmayotganini taʼkidlagan.

Kallas Moskvani tinçlik muzokaralariga tayyorligini amalda isbotlaşga çaqirgan. Şuningdek, u iyul, avgust va sentabrni Ukrainada tinç aholi uçun eng halokatli oylar deb atagan.

DW xabariga köra, avvalroq Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful yevropalik iştirokçilar Ukrainadagi uruş tufayli Lavrov bilan anʼanaviy umumiy suratga tuşişdan boş tortganini maʼlum qilgan.

Vadeful Rossiya bilan kelişmovçiliklarni muhokama qiliş uçun muloqot zarurligini tan olgan. Biroq, uning taʼkidlaşiça, bunday aloqalar munosabatlar odatiy holatga qaytgandek taassurot uyğotmasligi kerak.