DW xabariga köra, Vadeful Rossiya bilan munosabatlar odatiy holatga qaytmaganini taʼkidlagan.

«Rossiya bilan normal munosabatlar yöq», - degan Germaniya taşqi işlar vaziri.

Uning aytişiça, kelişmovçiliklarni muhokama qiliş uçun Moskva bilan muloqot zarur. Biroq bunday aloqalar munosabatlar avvalgi holatiga qaytgandek taassurot uyğotmasligi kerak.

AFP maʼlumotiga köra, yevropalik vakillar Lavrov bilan birga suratga tuşişga eʼtiroz bildirganidan söng anʼanaviy umumiy fotosessiya bekor qilingan.

Vadeful Moskvani Kievning öt oçişni töxtatiş taklifini qabul qilişga yana çaqirişini ham aytgan. Uning fikriça, dastlab Qora dengizda sulhga erişiş zarur.

30-oktabrda boşlangan uçraşuv AQŞ raisligida ötmoqda. Lavrovni unda qatnaşişga AQŞ davlat kotibi Marko Rubio taklif qilgan.

Germaniya taşqi işlar vaziri Eron atrofidagi ziddiyatlarni ham diplomatik yöl bilan hal etişni qöllab-quvvatlagan. U muammoni harbiy vositalar bilan yeçib bölmasligini aytib, Hörmuz böğozida kemalar qatnoviga qöyilgan çeklovlarni tugatişga çaqirgan.