DW xabariga köra, vazir AQŞning Atlanta şahridagi G20 taşqi işlar vazirlari uçraşuvi doirasida jurnalistlar savollariga javob bergan.
DW muxbiri The Kyiv Independent naşrining ukrainalik mansabdorlarga tayanib eʼlon qilgan xabari haqida söraganida, Lavrov «Ularga işonmang», degan. Söng u Putinning avvalgi pozitsiyasini takrorlab, Zelenskiy uçraşişni istasa, Moskvaga kelişi kerakligini aytgan.
Jurnalist ikki rahbar dekabrda Mayamida ötadigan G20 sammitida uçraşişi mumkinligini ham söragan. Lavrov Ukraina «Katta yigirmatalik» aʼzosi emasligini eslatib, Moskvaga keliş haqidagi gapini takrorlagan.
Bundan bir neça soat avval The Kyiv Independent Ukrainadagi yuqori martabali mansabdorlarga tayanib, Moskva yuzma-yuz uçraşuvni telefon suhbati bilan almaştirişga intilayotganini yozgan edi. Naşr manbalaridan biri Rossiya tomoni bunday muloqotni taşkil qilişga avval ham uringanini bildirgan.
Naşr bu taxminga asos sifatida Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning 30-oktabrdagi bayonotini ham keltirgan. Peskov Putin «barça bilan muloqotga tayyor» ekanini aytgan. Rossiya prezidenti Zelenskiyning qönğiroğiga javob beradimi, degan savolga esa «Hozirça heç kim qönğiroq qilmadi», deb javob bergan.
The Kyiv Independent suhbatdoşlari telefon suhbati bilan çeklaniş asosiy masalalar böyiça muzokaralardan qoçişga uriniş bölişi mumkinligini aytgan. Ularning fikriça, muhim kelişuvlar va xavfsizlik kafolatlari uçun AQŞ iştirokidagi uç tomonlama format hamda yevropaliklarning muzokaralarga jalb qilinişi zarur.












