AQŞda aholini navbatdagi röyxatga oliş natijalari e'lon qilindi. Ularga köra, AQŞning ispan tilida sözlaşmaydigan oq tanli aholisi mamlakatda eng katta etnik guruh bölib qolmoqda. Biroq uşbu guruh vakillari 10 yil içida, ya'ni 2010 yildan 2020 yilgaça 8,6 foizga qisqarib, ayni vaqtda AQŞ aholisining 57,8 foizini yoki 204,3 mln kişini taşkil qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, AQŞning oq tanli aholisi 1790 yildan beri birinçi marta qisqargan va ilk bor 60 foizdan kamroqni taşkil qilgan.
2010 yilda oq tanli aholi jami aholining 63,7 foizini taşkil qilgan. Ekspertlar uşbu guruh vakillarining kamayib ketişini oq tanli ayollar örtasida tuğiş darajasi pasayib ketgani bilan boğlaşmoqda.
Şu bilan birga, osiyoliklar va lotin amerikaliklar uluşi köpaygan. Lotin amerikaliklar 10 yil içida 23 foizga köpayib, jami aholining 18,7 foizini taşkil qilmoqda. Ular son böyiça oq tanli aholidan keyingi örinni egallamoqda.
AQŞning qora tanli aholisi barqaror darajada qolib, jami aholining 12,4 foizini, osiyoliklar esa 6 foizini taşkil qilmoqda.
Bundan taşqari, özini bir neça irqqa mansub deb hisoblaydigan aholi soni 10 yil içida 9 milliondan 33,8 milliongaça köpaygan.
Brukings instituti demograf tadqiqotçisi Uilyam Freyning fikriça, AQŞning oq tanli aholisi 2045 yilga qadar 50 foizdan kamayib ketişi mumkin.
AQŞ hukumati olingan natijalarga mutanosib ravişda AQŞ vakillar palatasini şakllantiradi. Bu jarayon har 10 yilda ötkaziladi.












