Garçi şamol «Tolibon» foydasiga esayotgan bölsa-da, Afğoniston hukumati öz nazoratini qayta tiklaş uçun kuraşni davom ettirmoqda.

AQŞ razvedkasining şu hafta matbuotga sizdirgan prognoziga köra, poytaxt Kobul bir neça hafta içida qamal qilinişi va hukumat 90 kun içida qulaşi mumkin.

Xöş, bu ilgarilaş qanday qilib bu qadar tez sodir böldi?

AQŞ va uning NATOdagi ittifoqçilari sönggi 20 yil davomida Afğoniston xavfsizlik kuçlarini öqitiş va uning ta'minoti bilan band böldi.

Köp sonli amerikalik va ingliz generallari kuçli va malakali afğon armiyasi yaratilganini aytişdi, ammo bugun bu iddaolarning içi böş ekani yaqqol közga taşlanib qoldi.

«Tolibon» kuçlari 

Nazariy jihatdan, nisbatan katta kuçga ega bölgan Afğoniston hukumati bir qadam oldinda körinadi.

Raqamlarga köra, Afğoniston xavfsizlik kuçlari 300 mingdan ziyod askarga ega. Bu raqamga afğon armiyasi, havo kuçlari va politsiya ham kiradi.

Ammo, aslida, mamlakatda harbiy işga joylaşiş masalasi hamişa muammo bölib kelgan. Afğoniston harbiylari va politsiya kuçlari köplab qurbonlar, qoçoqlar va korrupsiya bilan boğliq bölgan tarixga ega. Ayrim generallar aslida mavjud bölmagan – «arvoh askarlar» deb ataluvçilarning maoşlarini özlaştirib kelgani haqidagi da'volar ham bor.

Afğon armiyasi / EPA

Afğonistonni qayta tiklaş maxsus inspeksiyasi (SIGAR) «korrupsiyaning korroziyali ta'siridan xavotirlari» borligini va haqiqiy harbiy kuç haqidagi ma'lumotlar «şubhali» ekanini bildirdi.

Angliyadagi mudofaa va xavfsizlik tadqiqot instituti Royal United Services Institute xodimi Jyek Uotlingning fikriça, afğon harbiylarining haqiqiy kuçi borasida heç qaçon aniq bir ma'lumot bölmagan.

Uotlingga köra, armiyadagi muammolar şu bilangina tugamaydi. Askarlar köpinça heç qanday oilaviy aloqalari bölmagan joylarga yuboriladi va ular hatto jang qilmasdan ham öz xizmat joylarini tark etişadi.

«Tolibon»ning kuçini ölçaş esa yanada qiyinroq.

AQŞ Harbiy akademiyasi Terrorizmga qarşi kuraş markazining ma'lumotlariga köra, «Tolibon» 60 ming jangçidan iborat. Toliblarni qöllab-quvvatlovçi boşqa harbiy guruhlar bilan birgalikda bu raqam 200 mingdan oşişi mumkin.

Britaniya armiyasining sobiq ofitseri Mayk Martin «Tolibon»ni monolit guruh sifatida köriş xavfini körsatadi. «Tolibon» mustaqil guruhlarning böş va ehtimol, vaqtinçalik koalitsiyasi bölişga yaqinroq», deydi Martin. Uning fikriça, Afğoniston hukumati ham xuddi şu tarzda mahalliy fraksiyalarning bölinişini aks ettiradi. Mayk Martin oilalar, qabilalar va davlat amaldorlari omon qoliş maqsadida Afğonistonda qanday taraf tutişganini ham eslatadi.

Qurol ta'minoti

Afğoniston hukumati moliyaviy imkoniyat va qurol-yaroğ sotib oliş masalasida ham ustunlikka ega.

Hukumat, asosan, AQŞdan keluvçi milliardlab dollarlik yordam hisobiga askarlarning maoşi va uskunalar xarajatlarini qoplaydi. SIGAR’ning 2021 yil iyuldagi hisobotida Afğoniston xavfsizligiga 88 milliard dollar sarflangani qayd etiladi.

Şu bilan birga, hisobotda aytilişiça, bu pulning haqiqatan ham töğri yoki notöğri sarflanişi sohadagi jang taqdirini belgilab berişi aytiladi.

Uruş sur'atining borişida Afğoniston harbiy havo kuçlari hal qiluvçi rol öynaydi. Biroq «Tolibon» asosan uçuvçilarni nişonga ola boşlagaç, 211 samolyotdan foydalaniş masalasi muammoga aylandi. Komandirlarning talablarini qondiriş qiyinlaşmoqda.

Laşkargoh kabi «Tolibon» hujumiga uçragan şaharlarda AQŞ harbiy-havo kuçlari faol. Biroq bu qöllab-quvvatlaş qançagaça davom etişi ma'lum emas.

«Tolibon» hujumidan qoçgan minglab odamlar Kobuldagi lagerlarda boşpana topmoqda / REUTERS

Ta'kidlanişiça, «Tolibon» narkotik savdosidan daromad qiliş bilan bir qatorda Pokistondan ham yordam oladi.

Boşqa tomondan, AQŞ Afğoniston xavfsizlik kuçlariga bergan qurol va öq-dorilar ham «Tolibon»ning qöliga ötmoqda.

 

Afğonistonda nazorat kimning qölida?

Afğoniston hali ham sovet bosqinidan qolgan qurollar bilan töla. «Tolibon» vaqtinçalik qöşin bilan ança tartibli kuçni ham mağlub etiş mumkinligini körsatib qöydi.

Şu örinda, qölbola bombalarning AQŞ va Britaniya kuçlariga keltirgan halokatli oqibatlarini yodga oliş kifoya. «Tolibon»ning sohani yaqindan bilişi ham uning ustun jihatlaridan biridir.

Diqqat markazi, şimoliy va ğarbiy mintaqalar

«Tolibon»ning öziga xos tabiati bir tomonga, harbiy ekspertlar sönggi paytlarda yaxşi muvofiqlaştirilgan reja alomatlarini körişmoqda.

Toliblar özlari azaldan kuçli bölgan janubiy viloyatlari örniga şimol va ğarbga yönaltirilgan hujumlarga katta e'tibor qaratmoqda.

Taşkilot muhim nuqtalardagi çegara va nazorat punktlarini qölga kiritdi va pul taqçilligi muammosiga duç kelayotgan hukumatning bojxona daromadlarini ham kesib qöydi.

Şuningdek, toliblar asosiy amaldorlar, huquq himoyaçilari va jurnalistlarni ham öldirişdi.

Afğoniston hukumatining strategiyasini tavsiflaş ham juda qiyin.

Hukumatning «Tolibon» qölga olgan barça hududlarni qaytarib oliş haqidagi va'dalari işonçsiz.

Britaniya armiyasining sobiq ofitseri Ben Barrining fikriça, katta şaharlarni himoya qiliş rejasi mavjud. Lekin bu qança vaqt olişi mumkin? Afğoniston maxsus kuçlarining soni unçalik köp emas – taxminan 10 ming kişidan iborat.

«Tolibon» tarğibot uruşida ham ilgarilab ketdi. Barrining ta'kidlaşiça, mavjud vaziyat «Tolibon»ga ruhiy kuç bağişlamoqda va uning birlik hissini kuçaytirmoqda.

Sönggi bosqiç nima böladi?

Afğoniston hukumati uçun vaziyat noaniq körinmoqda. Mudofaa böyiça ekspert Jyek Uotlingning fikriça, afğon harbiylarining ahvoli pessimizmga yaqin, lekin siyosatdagi vaziyatni yaxşilaş mumkin.

Agar hukumat qabila boşliqlarini öziga qarata olsa, vaziyat özgarişi mumkin.

Mayk Martin Afğoniston sobiq vitse-prezidenti Abdulraşid Döstumning qaytişini muhim, deb baholamoqda.

Marşal Döstum prezident Aşraf Ğani bilan birga hukumatni qöllab-quvvatlovçi kuçlarni safarbar qiliş uçun azaldan toliblarga qarşi kuraşuvçi Mozori-Şarifda bölib turibdi.

Yoz oylariga tamğa urgan uruş Afğonistonda qiş boşlanişi bilan töxtaşi mumkin. Yil oxirigaça Afğoniston hukumatining Kobul va yirik şaharlarni uşlab turişi orqali muvozanat holati paydo böliş ehtimoli mavjud.

Agar «Tolibon» içida «yoriq»lar paydo bölsa, manzara butunlay özgarişi heç gap emas.

Ammo hozirça AQŞ va NATOning Afğonistonni «barqarorlaştiriş» harakatlari sovetlarning urinişi kabi befoyda körinmoqda.