Özbekistonda xizmat körsatgan artist, san'at arbobi Muhammad Rafiqov 11 avgust kuni 81 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

Muhammad Rafiqov “Bobur” telefilmida Şayboniyxon, “Amir Muzaffarxon”da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, “Imom al-Buxoriy” serialida al-Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.

Iste'dodli aktyor, şuningdek, “Şaytanat” serialida Abdurahmon tabib, “Qöqon şamoli” filmida Şayx ul-islom obrazini jonlantirgan.

Muhammad Rafiqov “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan. Uning janoza namozi 12 avgust kuni Buxoro şahridagi xonadonida öqildi.

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.