Hamdardlik maktubida şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy uzoq yillar Qatar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulkan bunyodkorlik işlarini amalga oşiriş, aholi turmuş darajasi va farovonligini yuksaltiriş, mamlakatni har tomonlama rivojlantirişga beqiyos hissa qöşgani, öz Vatanining çinakam fidoyi va olijanob farzandi bölgani ta’kidlanadi.
“Özbekiston va Qatar örtasidagi döstona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişga munosib uluş qöşgan şayx Hamad Ol Soniy a’lo hazratlarining yorqin xotirasi va öçmas nomi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi”, - deyiladi maktubda.
Özbekiston rahbari Qatar amiriga, uning oila a’zolari va barça yaqinlariga, butun Qatar xalqiga çuqur hamdardlik izhor etdi.
Qatarning sobiq amiri, mamlakat taraqqiyotining asosiy me’morlaridan biri bölgan şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 12 iyul kuni 74 yoşida vafot etdi.











