Prezident Şavkat Mirziyoyev Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta işlaş majmuasida sodir bölgan kuçli portlaş va yonğin oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yölladi.

Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada şifo topişini tiladi.

21 iyun kuni keçqurun Qatarning suyultirilgan tabiiy gazni (STG) qayta işlaş va eksport qiliş böyiça asosiy markazi bölgan Ras-Laffan sanoat zonasidagi Barzan gaz ta’minoti inşootida kuçli portlaş va yonğin sodir böldi.

Qatar Içki işlar vazirligi va QatarEnergy ma’lumotlariga köra, hodisa oldingi şikastlanişlardan söng işlab çiqariş operatsiyalarini boşlaş paytida sodir bölgan. Yonğin tezda qurşab olinib, nazoratga olindi, aholiga xavf tuğdiruvçi xavfli moddalarning sizib çiqişi kuzatilmadi.

13 kişi halok böldi, 66 kişi yaralandi, ularning aksariyati çet ellik işçilardir. Qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

QatarEnergy portlaş texnik xususiyatga ega bölib, taşqi ta’sir yoki sabotaj bilan boğliq emasligini ta’kidladi.

Ras-Laffan - dunyodagi eng yirik suyultirilgan gaz markazlaridan biri. 2026 yil mart oyida majmua allaqaçon Eron tomonidan raketa hujumiga uçragan, bu esa sezilarli zarar va ba’zi quvvatlarning töxtab qolişiga olib kelgan. Hozirgi voqea ta’mirdan keyin işni davom ettirişga urinişlar fonida sodir böldi.