Özbekistonda xizmat körsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoşida vafoti etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Yodgora Ziyomuhamedova 34 yildan ziyod Özbekiston davlat yoş tomoşabinlar teatrida samarali ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan.
Uning «Qizil şapkaça»da Qizil şapka, «Zumrad va Qimmat»da Qimmat, «Farzandim jigarbandim»da Sanobar, «Sening taqdiring»da Nazira, «Yaraş-yaraş»da Pokiza, «Burgut»da Gulnur, «Birinçi muallim»da Oltinoy kabi obrazlari maşhur.
Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilgan, xususan, 25 yil mobaynida bolalar uçun möljallangan «Oqşom ertaklari» körsatuvini olib borgan.
Tahririyat marhumning oila aʼzolari va yaqinlari, şogirdlari, hamkasblari hamda sanʼat ahliga taʼziya izhor etadi.
Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova vafot etdi
07:11 / 18.09.202639 4361 min
Özbekistonda xizmat körsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoşida vafot etdi. U 34 yildan ortiq vaqt mobaynida Yoş tomoşabinlar teatrida işlagan, şuningdek, 25 yil mobaynida televideniyedagi «Oqşom ertaklari» körsatuvini olib borgan.

















