Toliblar vakili Enamulla Samanganiy Afğoniston davlat televideniyesi orqali qilgan çiqişida mamlakat rahbariyatiga ayollar ham jalb etilişi mumkinligini istisno qilmadi.
«Islom amirligi ayollar qurbon bölişini istamaydi, şariat qonuniga muvofiq, ayollar davlat tuzilmalari tarkibida bölişi lozim», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi Associated Press.
Samanganiyning sözlariga köra, Afğonistonning yangi hukumati tajribaga asoslanadi, ammo tölaligiça islomiy boşqaruv böladi.
Seşanba kuni TOLOnews telekanali efirida bir neça kun avval xavfsizlik nuqtayi nazaridan işdan çaqirib olingan ayol boşlovçilar yana köriniş berdi. Xususan, kunduzgi körsatuvlardan birida ayol muxbir jonli efirda toliblar vakilidan intervyu oldi.
Avvalroq toliblar vakili Suhayl Şahin Afğonistonda ayollar ta'lim olişi va işlaşi mumkinligini aytgandi. Qayd etilişiça, barça ayollar hijobda yurişi majburiy böladi. «Tolibon» ayollar uylaridan yolğiz özlari, erkaklar hamrohligisiz çiqişiga kafolat bergan.













