Yigirma yillik quvğindan söng Afğonistonga qaytgan «Tolibon» yetakçisi Abdul Ğani Barodar mamlakatning navbatdagi rahbari bölişi mumkin, deb yozadi The Washington Post.
Naşrning yozişiça, Barodar Qandahorga oq yöltanlamas avtomobillar qurşovida kelgan va minglab afğonlar tomonidan muşakbozliklar bilan kutib olingan.
«Köp yillar davomida «Tolibon» siyosiy rahbarlari şarpa, qudratli isyonçilik harakatining körinmas strateglari bölib keldi, endi esa Abdul Ğani Barodar konvoy bilan bu yerda», — deyiladi naşr xabarida.
«Tolibon» odatda Pokistonning qöğirçoği sifatida ta'riflanadi. Ular Pokistonga qattiq boğlangan va Pokiston ularga ta'sir ötkaza oladi, biroq «Tolibon» mustaqil taşkilot. Barodarning Pokiston qamoqxonalarida olgan tajribasi uni Pokiston buyruqlariga böysunmaydigan insonga aylantirgan deb öylayman», — degan sobiq nemis diplomati Tomas Ruttig.
Uning ta'kidlaşiça, 2020 yilda Dohada AQŞ hukumati bilan ötkazilgan muzokaralarda toliblar delegatsiyasiga aynan Barodar rahbarlik qilgan hamda «Tolibon»ning jangari ruhdagi vakillariga nisbatan posangi böla oladigan siyosatçi sifatida özini körsata olgan.


















