«Tadbirkorlik va professional faoliyat sub'yektlarini öz-özini tartibga soliş töğrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qöyildi.
Uşbu qonun loyihasini işlab çiqiş Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4913-son qarorida nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat tadbirkorlik va professional faoliyat sub'yektlarini öz-özini tartibga colish bilan boğliq jamoatçilik bilan munosabatlarini tartibga solişi, öz-özini tartibga soluvçi taşkilotlarni taşkil etiş va faoliyat yuritiş, ularga a'zolik (iştirok etiş) va ularning huquqiy maqomini, davlat tomonidan tartibga soliş mexanizmlarini belgilaşi rejalaştirilmoqda.
Loyihada quyidagi tuşunçalar berilgan: öz-özini tartibga soluvçi taşkilot a'zosining şaxsiy manfaati, professional faoliyat, professional faoliyat sub'yektlari, öz-özini tartibga soluvçi taşkilot, öz-özini tartibga soluvçi taşkilot qoidalari va standartlari va boşqalar.
Öz-özini tartibga soluvçi taşkilot – tadbirkorlik sub'yektlarining ixtiyoriy a'zoligiga (iştirokiga) asoslangan Özbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan assotsiatsiya (ittifoq), jamoat birlaşmasi yoki boşqa taşkiliy-huquqiy şakldagi notijorat taşkilot.
Öz-özini tartibga soluvçi taşkilot ixtiyoriy yoki majburiy a'zolik şaklida taşkil etiladi.
Öz-özini tartibga soluvçi taşkilotlarga nisbatan quyidagi talablar qöyiladi:
- agar öz-özini tartibga soluvçi taşkilotlarga nisbatan qonunlarda boşqaça tartib belgilanmagan bölsa, öz-özini tartibga soluvçi taşkilot tarkibida kamida 25 ta tadbirkorlik sub'yektining yoki ma'lum bir turdagi kamida 100 ta professional faoliyat sub'yektlarining a'zolari sifatida birlaşiş;
- öz-özini tartibga soluvçi taşkilotning barça a'zolari uçun majburiy bölgan tadbirkorlik yoki professional faoliyat uçun standartlar va qoidalarning mavjudligi;
- öz-özini tartibga soluvçi taşkilot tomonidan uning har bir a'zosining işlab çiqarilgan mahsulotlar (işlar, xizmatlar) iste'molçilari va boşqa şaxslar oldida qöşimça mulkiy javobgarligini ta'minlaşi.

















