CNN telekanalining xabar berişiça, orolda harorat ötgan dam oliş kunlari oxirgi 10 yil içida uçinçi marta 0 darajadan oşdi. Iliq havo kuçli yomğirga olib keldi. Buning natijasida toğlardagi muzliklarga 7 mlrd tonna suv tuşgan va ularning rekord darajada erişiga olib kelgan.

AQŞning qor va yaxvonliklar haqidagi ma'lumotlarni qayta işlaş milliy markazida ta'kidlanişiça, bu 1950 yildan beri orolda kuzatilgan eng kuçli yomğir hisoblanadi. Markaz boş ilmiy xodimi Ted Skambosning aytişiça, uşbu hodisa Grenlandiya tez qiziyotganidan darak beradi.

“Yuz berayotgan hodisalar özgarayotgan iqlim şaroitida şunçaki iliq ön yillik emas. Bu misli körilmagan holatdir”, deb ta'kidlab ötgan Skambos.

Ta'kidlanişiça, Grenlandiyada oxirgi ön yillikda yuz berayotgan ob-havo hodisalarini normal deb aytib bölmaydi.

Avvalroq Grenlandiya muzliklarining 1992 yildan 2018 yilgaça erişi tezligi 7 marta oşgani ma'lum qilingandi. Şu sababli XXI asr oxiriga kelib oroldagi erigan muzliklar dunyo okeani sathining 7 santimetrga kötarilişiga olib kelişi mumkin.