DW xabariga köra, Daniya Taşqi işlar vazirligi Grenlandiya böyiça uç tomonlama kelişuvning töliq matnini öz saytida eʼlon qildi.

Hujjat 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi sessiyasi doirasida Daniya, uning avtonom hududi bölgan Grenlandiya hamda AQŞ hukumatlari tomonidan imzolangan.

AQŞning harbiy faoliyati kengaytiriladi

Kelişuvda tomonlar NATOning Arktikadagi faolligini oşirişni qöllab-quvvatlaşi qayd etilgan. Bu harbiy rejalaştiriş, mintaqadagi iştirokni kengaytiriş, maşğulotlar ötkaziş va razvedka maʼlumotlarini birgalikda töplaşni qamrab oladi.

Hujjatga muvofiq, AQŞga Grenlandiyadagi Pituffik aerokosmik harbiy bazasini modernizatsiya qiliş va uning faoliyatini kengaytirişga ruxsat beriladi.

Şuningdek, Narsarssuak aholi punkti va Mestersvig harbiy tayanç punktida qöşimça «mudofaa hududlari» taşkil etilişi mumkin. Bu işlar tomonlar kelişgan şartlar va texnik tafsilotlar asosida amalga oşiriladi.

Kelişuv AQŞga orolda qöşimça mudofaa hududlarini taşkil etiş, harbiy operatsiyalarini kuçaytiriş yoki harbiy obyektlarini mustahkamlaş imkonini ham beradi.

Tomonlarning har biri Şimoliy Atlantika şartnomasi qamrab olgan hudud, Grenlandiya va Amerika qitʼasini himoya qiliş uçun yangi mudofaa hududi zarurligini bildirişi mumkin.

Samolyotlar va kemalar harakatiga oid qoidalar

Hujjatga köra, Amerika samolyotlari Grenlandiyaning butun hududi, jumladan, hududiy suvlari ustidan uçib ötişi va u yerga qönişi mumkin.

AQŞ davlat kemalariga esa Grenlandiya hududiy suvlariga suv ostida kiriş va ular doirasida harakatlaniş huquqi beriladi. Bunda faqat kelişuv tomonlari özaro belgilagan çeklovlar qöllanadi.

Şu bilan birga, tomonlar Grenlandiyada josuslikka qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik qiliş majburiyatini olgan.

Kelişuv muddatsiz amal qiladi

Grenlandiya böyiça kelişuvning amal qiliş muddati çeklanmagan. Uni faqat tomonlarning özaro roziligi bilan, 1951-yilgi Mudofaa töğrisidagi kelişuvning XIII moddasiga muvofiq özgartiriş mumkin.