Dunyo siyosatida Putin va Merkel örtasidagi munosabatlar alohida böyoqlarga ega. Bir qaraşda Rossiya va Germaniyaning siyosiy qaraşlari bir-biriga töğri kelmasligi mumkin, ammo Merkel kanslerlik vaqtida Rossiyaga naq 19 marta borgani uning Putin bilan munosabatlari qançalik qalin ekanidan dalolat. Xalqaro tadbirlardagi uçraşuvlar ham inobatga olinsa, Putin Merkel bilan hatto Lukaşenko «havas qiladigan darajada» köp uçraşgan. Darvoqe, Putin 1999 yildan buyon taxtda ekanini ham unutmaslik kerak. Orada Medvedevning formal prezidentligini unutmagan holda, albatta.

Xayrlaşuv uçraşuvi

Bu Merkelning Putin bilan kansler sifatida sönggi uçraşuvi böldi. Bu çinakam xayrlaşuv uçraşuvi edi, çunki bir oydan keyin Germaniya kelajagi uçun javobgar bölmaydigan Merkel bilan hali beri Rossiya taxtidan ketmaydigan Putin ikki mamlakat kelajagi borasida kelişuvga erişmasligi tabiiy.

Oşib borsa, Putin Merkeldan uning örniga keladigan odam qanday bölişi haqida söragan bölişi mumkin. Bundan taşqari, Germaniya va Rossiya munosabatlari kiçik baland-pastliklarni inobatga olmaganda doim bir xil bölgan va nemis tomonda rahbar özgarişi munosabatlarga jiddiy ta'sir qilmasa kerak. Rossiya tomonda rahbar özgarsa, balki hammasi boşqaça bölar, ammo bu hali-beri sodir bölmasligi kundek ravşan.

Angela Merkel Rossiyaga 19 marta taşrif buyurgan. Ularning 16tasi davlat taşrifi, bundan taşqari, turli xalqaro tadbirlar. Taşriflarning 5tasida Merkel Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uçraşgan, qolgan suhbatlar Putin bilan ötgan. Qiziği, Merkel Medvedev bilan uçraşgan taşriflarida albatta Putin bilan ham uçraşgan.

Putin uçraşuv çoğida Merkelni doimgidek qardli mehmon deb atadi va Rossiya uçun Germaniya ğarbdagi asosiy hamkor bölib qolişini eslatdi. Yopiq doiradagi suhbat protokol böyiça 2 soat davom etişi kerak edi, ammo uç soatga çözilib ketdi. Bu esa ikki yetakçi köp narsani gaplaşib olganidan dalolat.

Telefon Merkelni qizartirdi

Putin va Merkel iştirokidagi uçraşuvlarda tez-tez qiziqarli voqealar bölib turadi. Bu gal Merkelning taşrifi vaqtida 2012 yilda bölgani kabi yalonğoç qizlar yugurib çiqişmadi, lekin uçraşuv Merkelning telefoni jiringlab qolgani bilan yodda qoldi. Nemislar juda tartibli millat deyişganiça bor, öşa vaqtda Merkel qizarib ketdi. Telegramda Merkelga kim telefon qilgani haqida sörovnomalar ham paydo böldi.

Özaro suhbat tugagaç, yetakçilar matbuot anjumanida qatnaşişdi. Merkel xonim doimgidek unga yaxşi munosabatda bölgan Putinning oldida oçiqçasiga Qrim bosib olingani, Navalniy zaharlangani, Belarusdagi holat taşvişlanarli ekani haqida gapirdi. Putin esa buni bir oydan keyin işsiz qoladigan davlat yetakçisining gaplari sifatida qabul qila qoldi.

Afğoniston

Merkel va Putin uçraşuvining asosiy mavzularidan biri Afğoniston böldi. Putin «Tolibon» Afğonistonni egallab olgani haqida ilk marta gapirdi. U toliblar mamlakatni egallagani röyo emas, haqiqat ekani, şundan kelib çiqib harakat qiliş zarurligini aytdi. Rossiya prezidenti Afğonistondan boşqa mamlakatlarga qoçoqlar körinişida terrorçilar ötib ketişining oldini oliş kerakligini ta'kidladi.

Matbuot anjumanida kutilganidek tuturiqsiz savollar ham berildi. Rossiya va xususan Putinning propagandasida javlon uruvçi Russia Today jurnalisti Merkeldan göyoki nemis hukumati telekanalning nemisça tahririyati işga tuşişiga xalaqit berayotgani haqida söradi. Merkel esa Germaniyada bunaqa masalalar bilan hukumat şuğullanmasligi va bunday muammodan umuman bexabarligini aytdi.

«Şimoliy oqim-2»

Putin özining ğalati işlaridan birini Merkel bilan uçraşuv vaqtida ham takrorladi. Ma'lumki, u özi nazariga ilmaydigan şaxslar, voqealar va hatto mamlakatlar haqida gapirayotganda uning nomini keltirmaydi. Rossiya va Germaniya örtasidagi eng yirik tijoriy loyiha bölgan «Şimoliy oqim-2» haqida gap ketganda Putin «Bu mamlakat rahbariyati vaziyatning tinç yöl bilan hal qilinişini xohlamayotgan körinadi», dedi Ukraina nomini tilga olmaslik uçun. Şuningdek, Rossiya yetakçisi Merkeldan «bu davlat» deyilgan Ukrainaga uşbu muammo borasida ta'sir ötkazişini söradi.

Putin bejiz bu haqda Merkelga gapirmadi. U oldinroq Zelenskiy bilan uçraşuv haqida gapirganda «Körişib nima qilaman, ular uçun hammasini Berlin va Vaşington hal qiladi-ku» degandi.

Putin «Şimoliy oqim-2» haqida gapirar ekan, quriliş işlari kutilganidan ham tez ketayotganini ta'kidladi. U 44 kilometr quriliş qolganini aytdi-da, keyinçalik zalda ötirgan uzoq yillik dösti, «Gazprom» rahbari Aleksey Millerdan ma'lumotni aniqlaştirib olgaç, «Dengizda 15 km quriliş qoldi, tamom», dedi.

Qiziği, Putin va Merkel birinçi va oxirgi uçraşuvida ham «Şimoliy oqim-2» haqida gaplaşişdi. Merkel ilk marta 2005 yil Rossiyaga Putin bilan uçraşgani borgan va öşanda hali qurilişi boşlanmagan birinçi gaz ötkazgiç haqida gaplaşişgan. Oxirgi suhbat esa ötkazgiçning ikkinçisi yakunlanişi arafasida ötkazildi.

Arxiv foto. Vladimir Putin va Angela Merkel. 2005 yil

Merkel Navalniyni qöyib yuborişni söradi

Matbuot anjumani davomida Merkel Putinga yoqmaydigan yana bir mavzuni kötarib, Aleksey Navalniyni ozod qiliş kerakligini aytdi. Yana siyosatçining ismini aytişni istamagan Putin Navalniyni «figurant» deb atadi: «Bu iş figuranti siyosiy faoliyati uçun emas, xorijlik hamkorlariga nisbatan firibgarlik qilgani uçun jazolandi. Heç kimning qilgan jinoyatini siyosiy faoliyati bilan yopib yuborişga haqqi yöq».