Keyinçalik qoçqinlar boşqa davlatlarga jönatiladi.

OAVda ma'lum qilinişiça, ikki yetakçi suhbat çoğida Afğonistondagi vaziyatdan xavotir bildirgan va xalqaro hamjamiyat Afğonistondan evakuatsiya va repatriatsiya amaliyotlarini yengillaştiriş uçun yaqindan hamkorlik qilişi zarurligini ta'kidlab ötgan.

Ma'lumotlarga köra, AQŞ 14 avgustdan beri bir hafta içida Afğonistondan 17 mingdan köproq odamni olib çiqqan.

Ispaniya hukumati saytida ma'lum qilinişiça, 19 avgustda mamlakatga Afğonistonda ispan hukumati bilan hamkorlik qilgan qoçqinlarning birinçi guruhi yetib kelgan. Ular orasida 5 nafar ispaniyalik ham bölgan. Qoçqinlar Ispaniyaga Dubaydan harbiy samolyotda keltirilgan.

The Wall Street Journal naşrining xabar berişiça, Bayden ma'muriyati Afğonistondan odamlarni evakuatsiya qiliş uçun tijoriy samolyotlarni qöllamoqçi. Bu maqsadda dastlabki bosqiçda 5tagaça aviakompaniyaning 20ta samolyotini jalb qiliş rejalaştirilgan.

Manbalarning xabar berişiça, fuqaro aviatsiyasi AQŞning Yaqin Şarq va Germaniyadagi bazalaridan odamlarni olib çiqiş uçun qöllanadi. Yölovçi samolyotlarni Afğonistonga jönatiş rejalaştirilmagan.