“Şu paytgaça xorij bilan biznesim bor edi. Menimça, hayotimdagi eng katta xatom mana şu talatöplar boşlanmasidan oldin oilamni olib, bu yerlarni tark etmaganim. Albatta, inson öz vatani haqida bunday gaplarni aytişi durust emas. Lekin men balandparvoz gaplar gapiradigan yoki faqat özimni öylaydigan ahvolda emasman. 6 nafar farzandim bor, ularning 4 nafari qizlarim. Kattalari baloğatga yetib qolişdi...
Men ularni bugun yaşirib ötiribman! Ota uçun bunday hadikdan dahşati bormi, ayt?!” deydi suhbatdoşim.
– Yosin aka, aynan nimadan xavfsirayapsiz, «Tolibon» vakillaridanmi?
– Hamma-hammadan! Men aynan kimnidir ayblaşdan tiyilaman, lekin bilasanmi nima – yaxşimi, yomonmi, hukumat, tizim davlatni boşqarişi kerak, qandaydir qoidalar va aniqlik bölişi şart. Hozir butkul izdan çiqqan vaziyatda istalgan odam istaganini qilyapti. Masalan, bir ahmoq qölida avtomati bilan bir oilaga bostirib kirib, bor hunarini körsatyapti, kim unga çora köradi?! Afğoniston jafokaş mamlakat deb 40 yildan ortiq gapirildi, oxir-oqibat badtar jafokaş holga keltirildi.
– Kobuldagi bugungi vaziyatni tasvirlab bera olasizmi?
– Vaziyat butkul izdan çiqqan. Yegulik qimmat, dori-darmon tanqis, taşkilotlar işlamayapti, köçada politsiya yöq, tartib yöqolgan, hatto şifoxonalar ham işlamayapti. Bunga qadar bir nonni 10 afğoniyga olardik, bugun 20 afğoniyga çiqib ketdi va eng yomoni – tanqislik boşlangan. Deyarli hamma oziq-ovqat turi kamida ikki barobarga qimmatlagan.
Lekin yuqorida aytganimdek hozir meni birinçi navbatda öylantirayotgan narsalar bular emas. Bolalarimni soğ-salomat olib çiqib keta olsam bas! Yoşi 90dan ötgan onam bor, örnidan qözğalişi qiyin. Onamni qanday olib ketaman, tasavvur ham qila olmayman. Menga dalda beriş uçun “bolam, ketaver, bir kunimni körarman” deydi. Lekin qoldiradigan odamning özi yöq, onam mensiz nima qiladi?



Uyimdan uzoqlaşib keta olmayman, qizlarimdan xavotirlanaman. Ammo çökayotgan odam xas-çöpga yopişganidek har kuni köçaga çiqib, bu yerdan çiqib ketişning yöllarini izlayman. Mana şu videolavhada körganingiz – menman! Devor ustidagi xorijiy askarlar, ular bizni aeroportga kirişdan tösib turişibdi. Biz kirib, qölimizdagi hujjatlarni körsatiş imkoniyatimiz ham yöq. Ostimizdagi suvga e'tibor ber – bu ariqqa hojatxonalardan çiqqan axlatlar oqizilyapti. Bir marta omadim kelib ariqning uyoğiga öta oldim, oilangni olib kelaver, deyişdi. Biroq oilamga xabar bera olmadim, ular özlari kela olişmasdi ham. Özim qaytib borib olib kelsam, hamma yöllar yana yopilgan ekan...

– Uy-joyingizni nima qilmoqçisiz, nahot şunçaki taşlab ketmoqçi bölsangiz?
– Boşqa ilojim bormi? Kobul köçalari uyidagi bor-budini olib çiqib sotişga urinayotganlar bilan töla. Lekin birorta xaridorning özi yöq. Köpçilik bor mol-mulkini, uy-joyini taşlab qoçib ketişga ulgurdi. Mening közimga hozir eson-omon çiqib ketişdan özga heç narsa körinmayapti. Köçada kaltaklanayotgan ayollarni körib yuragim eziladi, lekin aralaşa olmayman.
Özbekistonga borgan, farzandlarim bilan istirohat qilgan kunlarimni közda yoş bilan eslayman. Özbekistonliklarga aytar sözlarim bor – bu tinçlikning qadrini mana mendan sörang. Farzandlari, ayniqsa qizlari halovati oldida özining hayoti, biznesi, mol-mulki köziga körinmagan otadan sörang!
Vataningizda bolalarim bilan heç bölmasa vaqtinça yaşab turiş uçun bor-budimni berardim. Bizga yordam bering! Yuqorida aytganimdek, eng dahşati ertangi kun mavhumligi. Peşonamizdagi yozuğimiz nima – bilmayman...
Abror Zohidov suhbatlaşdi













