Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida joylaşgan maktablardan birining hovlisida bir guruh öqituvçilar özaro janjallaşib, bir-birini döpposlagani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa töğrisida rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, hodisa Qumqörğon tumanida joylaşgan 59-maktabda sodir bölgan va hodisa yuzasidan viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan örganiş işlari olib borilgan.

Ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tasvirlangan janjal 2021 yil 23 avgust kuni soat 10:00 larda Qumqörğon tumani 59-maktabda sodir bölgan. Uşbu maktabda öqituvçi bölib işlovçilar: R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla va M.T.Baxtiyor özlariga oldindan taniş bölgan şu maktabda öqituvçi bölib işlovçi D.B.Haitmurod bilan maktab hovlisida özaro kelişmovçilik sababli janjallaşişgan. Söng D.B.Haitmurodni urib-döpposlab, badanga yengil şikast yetkazişda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etişgan. Öz navbatida, D.B.Haitmurod ham ularni döpposlagan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan 2021 yil 24 avgustda Qumqörğon tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla, M.T.Baxtiyor va D.B.Haitmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan.

Şu kunning özida gumon qilinuvçi R.X.Azizbek, N.A.Nurilla, M.T.Baxtiyor va D.B.Haitmurod Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Ta'kidlanişiça, hozirgi kunda Qumqörğon tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi.