«Tolibon» harakati Afğonistonda milliy yaraşuv böyiça oliy kengaş rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzayni qöriqçilaridan mahrum qildi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda, deb yozadi TASS.
Manbaning sözlariga köra, toliblar Karzayning avtomobilini musodara qilgan va uning tansoqçilaridan qurollarni olib qöygan.
Şundan söng sobiq davlat rahbari Abdulla Abdullaning uyiga köçib ötgan. Ma'lumot berilişiça, çorşanba kuni uning uyida tintuv ötkazilgan.
CNN telekompaniyasining qayd etişiça, Karzay va Abdulla hozirda amalda uy qamoğida bölib turibdi.
Ötgan haftada Hamid Karzay va Abdulla Abdulla toliblar nomidan panjşerliklar bilan muzokara ötkazişgandi.













