«Tolibon» harakati va Afğonistonni qutqariş birlaşgan fronti harbiy harakatlardan tiyiliş va bir-biriga hujum qilmaslik töğrisida kelişuvga erişdi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.
Manbalarning aytişiça, Parvon viloyatidagi Çorikor şahrida «Tolibon» va muxolifatçilar delegatsiyalari örtasida uçraşuv ötkazilgan.
Qayd etilişiça, tomonlar yaqin vaqt içida kelişuv haqida ma'lum qiladi.
«Tolibon» va qarşilik harakati örtasidagi kelişuv Panjşer viloyatida töqnaşuvlar yuz berişining oldini olişi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, alyans 10 ming nafargaça harbiy va oğir qurollarga ega. 22 avgust kuni toliblar Panjşerni egallaş uçun öz askarlarini jönatgani xabar qilingandi. OAVning yozişiça, şundan söng Ahmad Mas'ud «Tolibon» vakillari bilan muzokara boşlagan.












