Afğonistonda işlovçi ayollar qoidalar tizimi işlab çiqilmagunça uyda qolişi kerak. Bu haqda «Tolibon» rasmiysi Zabihullo Mujohid ma'lum qildi.
Şu bilan birga, toliblar vakili bu vaqtinçalik çora ekani, bundan maqsad ayollarning xavfsizligini ta'minlaş hisoblanişini qöşimça qilgan.
«Xavfsizlik kuçlarimiz ayollar bilan qanday muomala qiliş, ular bilan qanday sözlaşiş kerakligini bilmaydi. Töliq xavfsizlikni ta'minlamagunimizça ayollardan uyda qolişlarini söraymiz», degan u.
Avvalroq BMT Afğonistonda ayollar huquqi buzilişi bilan boğliq holatlar kuzatilayotgani haqida xabar bergandi.

Sputnik Afğoniston xabariga köra, toliblar Badaxşon viloyatida alkogol va giyohvand moddalar savdosi uçun qattiq jazo qöllanişi haqida e'lon qilgan. Toliblarning uşbu viloyatga tayinlagan gubernatori Nisor Ahmad Ahmadiy Fayzobod şahri aholisi vakillari va jurnalistlar qarşisida qilgan çiqişida alkogol va narkotik moddalar sotuvi, şuningdek, musiqa tinglaganlik uçun şariat qonunlari böyiça jazo berilişini ma'lum qilgan. U şuningdek, öğrilarning qöli kesilişini eslatib ötgan.
Toliblar mamlakatdan dollar va madaniy boyliklarni olib ketişni ham taqiqlaşdi.
«Tolibon» vakili bugundan e'tiboran mamlakatdan xorijiy valuta va tarixiy yoki madaniy qadriyat hisoblangan buyumlarni olib çiqiş taqiqlanişini ma'lum qildi.
Xorijiy valuta yoki madaniy boyliklar bilan qölga tuşgan odamlar şariat sudi qarşisida javob berişiga töğri keladi.

Jahon banki ham Afğonistonga yordam körsatişni töxtatdi, mamlakatda tez orada iqtisodiy kollaps yuzaga kelişi mumkin
Toliblar Afğonistonning valuta zaxiralaridan foydalana olişmaydi, ularning katta qismi AQŞda joylaşgan. 15 avgust kuni Kobul toliblar tomonidan egallangaç, AQŞ moliya vaziri Janet Yellen Taşqi aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi va Davlat departamenti bilan kelişgan holda Afğonistonning Amerika banklaridagi davlat zaxiralarini muzlatib qöyiş haqida qaror qabul qilgandi.
Xalqaro valuta fondi (XVF) ma'lumotlariga köra, 2021 yil aprel oyi holatida Afğoniston hukumati zaxiralari 9,4 milliard dollar bölgan, bu mamlakat yillik yalpi içki mahsulotining uçdan bir qismini taşkil qiladi. Bu mablağlar asosan AQŞda saqlanadi, Amerika banklaridagi mablağlar 7 milliard dollar atrofida.
Afğoniston markaziy bankining zaxiralari 9 milliard dollarga yaqin, lekin ularning deyarli barçasi mamlakat taşqarisida saqlanadi.
Avgust oyi boşida, toliblar viloyatlar markazlarini egallay boşlaganidayoq, AQŞ Moliya vazirligi pul «Tolibon» qöliga tuşmasligi uçun mamlakatga naqd dollar yetkazib berişni töxtatiş töğrisida şoşilinç qaror qabul qilgandi.
XVJ «Tolibon» hokimiyatini tan oliş masalasi noaniqligi sababli Afğonistonga yordam berişni töxtatgan (440 million dollar).
Jahon banki ham Afğonistonga yordam körsatiş dasturini (mamlakatni tiklaş böyiça loyihalar) muzlatdi. Taşkilotdagilar «Tolibon» hokimiyatni egallaşi mamlakat taraqqiyoti istiqbollariga salbiy ta'sir körsatişidan xavotirlanmoqda.
Yana kimlar:
- Germaniya Afğonistonga yordam körsatiş dasturini töxtatgan - bu yil mamlakatga 300 million dollarlik yordam taqdim etilişi kerak edi. Şvetsiya va Finlyandiya ham şunday yöl tutdi.
- Yevropa Ittifoqi Afğoniston taraqqiyoti uçun yordam qilişni töxtatdi (2021-2024 yillarda bu yordam hajmi 1,4 mlrd dollarni taşkil etişi kerak edi). Boşqa tomondan insonparvarlik yordami hajmi köpaytiriladi.
- 19 avgust kuni Britaniya ham insonparvarlik yordami hajmi joriy yilda 268 mln funtga qadar oşirilişini ma'lum qildi. Hukumat hozirça bu tölovlarga toliblarning Afğonistonni egallaşi qançalik ta'sir körsatişi borasida munosabat bildirmadi.
- Ötgan yili donor davlatlar konferensiyasida Afğonistonga 12 mlrd dollarlik yordam va'da qilingandi. Mamlakat toliblar qöliga ötişi bu tölovlar amalga oşirilişiga qanday ta'sir körsatişi hozirça noma'lum.
NBC News ekspertlariga köra, xalqaro hamjamiyat tomonidan tezkor yordam körsatilmasa, Afğonistonni iqtisodiy kollapsdan bir neça oy yoki bir neça hafta ajratib turibdi - 10 kundan buyon mamlakatda banklar yopiq, aktivlar muzlatilgan, xorijdan yordam kelişi töxtagan. Mamlakat budjetining 80 foizini xorijdan keladigan moliyaviy yordamlar şakllantirardi.
Toliblar körayotgan çoralar esa vaziyatni önglaşi dargumon. Duşanba kuni Afğoniston banklar assotsiatsiyasi Hoji Muhamad Idris markaziy bankka rahbar bölgani haqida xabar berdi. Sobiq moliya vaziri Gul Maqsud Sobit avval Idris haqida heç narsa eşitmaganini aytdi. Ma'lumotlarga köra, u bungaça 20 yil mobaynida Pokistondagi Ravalpindidagi madrasada öqituvçilik qilgan.
15 avgust kuni milliy valuta keskin qadrsizlangan, AQŞ dollariga nisbatan kurs 8 foizga arzonlagandi.
«Heç narsa bölmayapti. Heç qanday valuta almaşinuvi yöq. Odamlarning qölida naqd pul bor, ammo pulga valuta sotib olişolmaydi», degan ayni vaqtda Kaliforniyadagi kollejda ma'ruzaçilik qilayotgan sobiq vazir.
Pentagon: evakuatsiya oxirgi kungaça davom etadi, eng oxirgi kunda harbiylar olib çiqiladi

Pentagondagi matbuot anjumanida hududiy operatsiyalar xavfsizligi böyiça bölim direktori, general-mayor Henk Teylor bir qança muhim raqamlarni keltirdi.
Uning sözlariga köra, seşanba kuni Kobuldan 42 samolyotda AQŞning 11200 fuqarosi va 38 mamlakatga mansub bölgan 7800 kişi olib çiqilgan. Samolyotlar aeroportdan har 39 daqiqada uçib ketişgan.
Aeroportda parvozni kutib hamon 10 ming kişi töplanib turibdi, ammo odamlar kelişda davom etmoqda.
Pentagon vakili Jon Kirbi evakuatsiya «oxirigiça davom etişi» haqida gapirdi.
«Ammo sönggi kunlarda birinçi navbatda harbiy personal va qurilmalarni evakuatsiya qilişga ustunlik beramiz», degan u.
«Ammo bu parvoz qiliş huquqiga ega bölgan va ketişni istaydiganlarni olib ketmaymiz degani emas», deya qöşimça qilgan u.
Kirbining sözlariga köra, Vaşingtongaça afğon qoçqinlari çiqqan beşta reys uçib borib bölgan. Teylorning aytişiça, 1200 migrant tekşiruvlardan ötgan.
U evakuatsiya jarayonidan keyin aeroport «Tolibon» nazoratiga ötişini ma'lum qilgan.
«Toliblar aeroportni özlari boşqarişiga töğri keladi, yoki xalqaro hamjamiyat yordam körsatişi mumkin», degan Teylor.
Şu vaqtgaça Kobuldan evakuatsiya qilinganlarning jami soni 90 mingga yaqinlaşgan.
Panjşer böyiça ilk muzokaralar ötkazildi

Toliblarga yaqin bölgan manbalar ma'lumotiga köra, Parvon viloyati hududida ikki tomonlama muzokaralar bölib ötdi.
«Bugun Parvonda Amir Xon Mottakiy (toliblarning 1996-2001 yillardagi hukumatida Axborot va madaniyat vaziri bölgan) rahbarligidagi Islom amirligi rasmiylari hamda Panjşerdan kelgan delegatsiya örtasida muhim uçraşuv ötkazildi», degan manba.
Xabarda qayd etilişiça, Panjşerdagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça yakuniy muzokaralar keyingi uçraşuvda körib çiqilişi rejalaştirilgan.
Panjşer tomoni hozirça bu ma'lumot yuzasidan izoh bermadi.
Bu vaqtda Panjşerda qarşilik harakati yetakçisi bölgan Ahmad Mas'ud uning jangçilari «Tolibon» harakatiga qarşilikni töxtamasligini aytdi.
«Jangni töxtatmoqçi emasmiz. Panjşerda hammasi endi boşlanmoqda. Taslim böliş haqida gap ham bölişi mumkinmas», dedi u Paris Match naşriga bergan intervyusida.
U «Tolibon» bilan muzokaralarni ham istisno etmagan.
«Muzokaralar bölişi mumkin. Barça uruşlar vaqtida muzokaralar olib boriladi. Ammo taslim böliş butunlay boşqa narsa. Qaytarib aytaman: men ham, menga böysunuvçi komandirlar ham taslim böliş niyatida emasmiz», deya ta'kidladi u.
Mas'ud VVS Farsi uçun bergan intervyusida uruş çiqadigan holda, qarşilik kuçlari Panjşerni himoya qilişga qodirligini ma'lum qilgan.
Toliblar Panjşerni ololmasligi mumkin, Mas'udda hududni saqlab qoliş uçun real kuçlar bor

Rossiyadagi Zamonaviy Afğonistonni örganiş markazi direktori Umar Nessar şunday hisoblaydi.
«Afğonistonda barçasi şunga qarab ketyaptiki, toliblar mamlakatda yakkahokimlik örnatmoqçi. Ular hozirça bu haqda oçiq aytişga şoşilmayapti, ammo ularning hokimiyati konfiguratsiyasi (tuzilişi) allaqaçon şakl olib ulgurdi. Ahmad Mas'ud va uning Panjşerdagi tarafdorlari esa buni yaxşi tuşunişadi. Va bu ularni qanoatlantirmaydi, deydi Nessar Rossiya naşrlariga bergan intervyusida.
Öz navbatida, toliblarga taslim bölişni istamagan özbek va tojik guruhlari Mas'udning 10 mingga yaqin jangçidan iborat qöşini bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildirmoqda.
«Panjşer barça belgilari bilan toliblarga qarşilik harakati markaziga aylandi. Bu hududga toliblardan xavfsiragan köplab özbek va tojik guruhlari intilişadi. Mas'ud murosaga keliş uçun Panjşerni «tinçlik hududi» deb e'lon qilişni taklif etadi, bu yerga Kobulda özini xavfsiz his qiladiganlar köçib ötişi mumkin böladi», deydi Nessar.
«Toliblar uçun ham bu variant foydali bölişi mumkin, çunki ular qurayotgan hukumat jahon hamjamiyatidagi qator öyinçilarni qoniqtirmaydi. Bunday şaroitda Panjşerda harbiy harakatlar boşlaş siyosiy jihatdan ham, harbiy tomondan ham yaqqol mağlubiyat deganidir. Mas'udda qarşilik körsatiş va hududni öz qölida uşlab turiş uçun real kuçlar bor, «Tolibon» esa bu bilan hisoblaşmasligi mumkin emas, çunki ziddiyat röy bergan taqdirda katta harbiy yöqotişlardan qoçib bölmaydi», deya qayd etadi Nessar.
Uning baholaşiça, Panjşer, katta ehtimol bilan «Tolibon» hokimiyatiga aloqador bölmagan «erkin hudud» bölib qoladi.













