Assotsiatsiya prezidenti eng yirik öyin işlab çiqaruvçilardan biri Tencent kompaniyasi Özbekistonda serverlarini örnatgani mamlakat imiji uçun katta iş bölganini ta’kidlab ötdi. Şuningdek, boşqa işlab çiqaruvçilar bilan ham muzokaralar ketayotganini ma’lum qildi.
Eski davrlarda kompyuter öyinlari va kibersportning faqatgina zararli tomonlariga urğu berilardi. Turli xil reydlar, nafratga tölib toşgan körsatuvlar tayyorlanardi, lekin hozirda hukumatning kibersportga nisbatan munosabati tubdan özgargan.
“Kibersportga kiriş oson. Istalgan jismoniy holatdagi va yoşdagi şaxs u bilan professional şuğullana oladi. Kibersportda imkoniyatlar hammada teng. Murabbiylar nazorati ostida amalga oşirilsa bundan heç kim zarar körmaydi. Biz öyinçilar uçun barça şaroitlarni yaratmoqdamiz.
Albatta, ota-bobolarimiz boşqa narsalarga qiziqqan bölişi mumkin, lekin har bir avlodning öz qiziqişlari bor va bu yaxşi yoki yomonligini heç kim aytolmaydi. Yoşlarni çegaralaş kerak emas” , deydi Doniyor Jörayev.
Uning aytişiça, Özbekistonda kibersportçilar 6 mln sömdan 12 mln sömgaça maoş oladi.
Şuningdek, assotsiatsiya prezidenti yaqinda bölib ötgan “Uzbekistan Esporst Championship” turniriga töxtalib ötdi. Turnirga Özbekiston uçun rekord miqdordagi 350 million söm sovrin jamğarmasi qöyilgan. Unda Özbekistonning barça hududlaridan jamoalar qatnaşgan.
Özbekiston 2026 yil “Kelajak öyinlari”ga ham mezbonlik qilişi kutilmoqda va Doniyor Jörayev uşbu yirik turnir uçun tayyorgarlik işlari boşlanganini ma’lum qildi.
“Kelajak öyinlari” – bellaşuvlar bir vaqtning özida sportning an’anaviy turlari va ularning raqamli muqobillarida ötkaziladigan yuqori texnologik musobaqadir. Turnirda 100 dan ortiq mamlakat iştirok etadi va bahslar 21 ta innovatsion yönaliş böyiça ötkaziladi.
Doniyor Jörayev şuningdek, PUBG Mobile’ga özbek tilining kiritilişi, ona tilimizning dunyo madaniyati va tarixida qoldirgan raqamli izi bölişi va kelajakda öyin içida Özbekistonning tarixiy obidalari, mamlakatimizda işlab çiqarilgan maşinalar ham paydo bölişi mumkinligini qöşimça qildi.
“Bu bir kişi tomonidan qilingan iş emas, bu jamoaviy mehnat mahsuli. Bir neça vazirliklar, federatsiyalar va faollarning qilgan harakatlari asosida Tencent kompaniyasi bilan hamkorlik yuzaga keldi. Bu bizning kiçik bölsa-da özbek tilini saqlab qoliş, uni rivojlantiriş uçun qöşgan jamoaviy hissamiz” , dedi Doniyor Jörayev podkastda.






