Arenada 1 ming 200 tomoşabinga möljallangan asosiy zal, 12 ta öquv va maşğulot xonalari, majlislar zali, 35 örinli yotoqxona hamda kafeteriy mavjud.
Arena universal bölib, boks, kuraş, basketbol, stol tennisi, şaxmat, şaşka böyiça xalqaro musobaqalarni, «Beş taşabbus» tadbirlarini ötkaziş ham mumkin. Majmua tarkibidagi IT akademiyasida yoşlarga kompyuter savodxonligi, xorijiy tillar, grafik dizayn, dasturlaş, robototexnika va boşqa yönalişlar öqitiladi. Bu sohada mutaxassislar tayyorlaş böyiça «Muhammad al-Xorazmiy vorislari» tizimini amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari bu yerda kibersport, şaxmat, «Zakovat» intellektual öyinlari, basketbol musobaqalarini kuzatdi, yoşlar bilan muloqot qildi.
- Bugun Jizzaxning köp joylarida böldik, yangi loyihalarni boşladik. Albatta, viloyatning iqtisodiyoti, bunyodkorlik kölami avvalgidan ança yuqori. Lekin eng muhim yutuq - yoşlarimizning harakati, niyati, öziga işonçi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni şunday yoşlar bilan amalga oşiramiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Taşrif davomida mutasaddilar arena faoliyatiga doir rejalar xususida sözlab berdi. Xususan, jahon çempionatlarida iştirok etiş uçun turli darajadagi turnir ğoliblari bilan döstlik musobaqalari ötkaziladi.
Har bir yönaliş böyiça iqtidorli yoşlarni aniqlab, ularni professional sportga yönaltiriş böyiça körsatmalar berildi.


















