Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Neksiya velosipedda ketayotgan şaxsni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovçisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 23 avgust kuni soat 20:00 larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-100 avtomobil yölining Qiziriq tumani hududidan ötgan 69-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Neksiya haydovçisi tumanning Yangiobod mahallasi hududida özidan oldinda ketayotgan maşinani quvib ötmoqçi bölganda yölning qarama-qarşi tomonidan velosiped boşqarib kelayotgan şaxsni urib yuborgan.
Oqibatda 2000 yilda tuğilgan velosiped haydovçisi oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan. Dastlabki suriştiruvlarda velosiped haydovçisi yölning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgani aniqlangan. Şuningdek, özidan oldinda ketayotgan maşinani quvib ötmoqçi bölgan Neksiya haydovçisi ham tezlikni me'yordan oşirgan.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi sodir bölgandan söng Neksiya haydovçisi tez tibbiy yordam maşinasini çaqirgan va tuman IIBga hodisa haqida xabar bergan.












