Messining Neymar bilan “PSJ”da, Ronalduni yana “MYu”da tasavvur qiliş ularni öşa holatda tomoşa qilişdan ham qiziqroq, töğrimi? Şu e'tibor bilan ötayotgan transfer oynasi bizga futbol öyinlaridan ham qiziqroq emotsiyalar bera olyapti.
12 yil ötib Kriştianu Ronaldu yana Mançesterda. Uning “Old Trafford”da qizil libosda çiqib kelişini yozib ta'riflab bölmaydi, buni köriş kerak. Quyida uşbu transferning qoğozdagi körinişini havola qilamiz va paydo bölayotgan bir qator savollarga javob izlaymiz.
Kriştianu Ronaldu transferi – ajoyib marketing yurişi
Ronaldu özi borgan har qanday klubga katta pul olib kelmasligi mumkin, lekin gap “Mançester Yunayted” haqida ketganida, marketing böyiça uzukka köz qöygandek transfer deb bemalol aytiş mumkin. Yaqinda Yurgen Klopp pandemiya davrida “Çelsi”, “Siti” va “Yunayted” kabi klublarning katta transferlar amalga oşirişi özi uçun jumboq ekanini aytgandi. Bu röyxatda heç qanday taşqi neft va gaz kanali bölmay turib, aynan şunday klublar bilan bir qatorda turgani, sönggi ön yilda biror arzirli sovrin yutmagan “Yunayted”ning ajoyib moliyaviy va marketing siyosati natijasi ekani sir emas. Bunday transferlardan paydo böladigan e'tiborni pulga aylantirişni klub juda yaxşi biladi. Ma'lum bölişiça, Ronalduning transferi e'lon qilingaç, ötgan bir kun mobaynida klub aksiyalari 8 foizga oşgan – bu qariyb 250 million funt degani.
Kriştianuni ham bir marketing obekti sifatida qarasak, uzoq yillik muvaffaqiyatli mavsumlardan söng, yana öz uyiga qaytişi har tomonlama çiroyli, jozibador hikoya böldi. Aslida sovrin yutiş, bosimning kamligi Pep bilan işlaş imkoniyati kabi ustunliklar turib ham, Ronaldu “Yunayted”ga qaytişni afzal bilgani qaysidir ma'noda ijobiy imijni saqlab qoliş hamdir.
Ronaldu transferi Sulşer va “Yunayted” strategiyasidagi oğişmi?
Ma'lumki, uç yildan beri “Old Trafford”da uzoq muddatli loyiha qurilayotgani aytib kelinmoqda. Nisbatan yoş futbolçilarga köproq e'tibor berilişi, transferlarning imkon qadar kerakli pozitsiyalarga va uzoq muddatli amalga oşirilişi, murabbiyga köproq vaqt taqdim etilayotgani ham şu sababdan. Göyoki, Varan va Sançoning transferidan söng kerakli kartina mukammal holatga kelayotgan va bir qator tuzatişlar bilan biz bu yili Sulşerning tayyor loyihasini körişimiz, jamoa barça frontlarda sovrin uçun kuraşişi kerak edi.
Buning poydevori uçun yetarliça iş qilindi: mobil hujumçilar va Grinvudning rivoji uçun Lukakudan voz keçildi, Pogba va Brununing bir paytda samarali öynay olişi uçun sxemalar öylab topildi va hokazo. Endi birgina transfer hammasini çippakka çiqarib, hammasini yangidan boşlaş ehtiyojini yaratadimi?
Men Ronalduning transferini sönggi yillarda amal qilinayotgan strategiyadan çetga çiqiş demagan bölardim. Fabritsio Romanoning aytişiça, uşbu kelişuv boşi va oxiri 24 soat içida hal bölgan. Agar Kriştianuning “MYu”ga keliş istagi ustun bölmaganda, bu iş şu qadar tez bitarmidi? Yöq, albatta. Ya'ni uç yildan beri Sulşer aytib kelayotgan ğoya – “MYu” faqat jamoada öynaşni istaydigan futbolçilar bilan qiziqadi va şartnoma tuzadi. Bruno, Maguayr, Sanço, Varan transferlarida bu omil katta rol öynaganidek, Ronalduning kelişuvida ham asosiy faktor böldi.
Ikkinçidan, hatto Fergyuson davrida ham klubning transfer siyosati maydondagi böş pozitsiyalarni töldiriş bölmagan. Klub doim “çaqnab turgan yulduzlar”ni sotib olişga kuraşib, “Old Trafford”ga olib kelib, ana undan keyin maydonga joylaştiriş bilan şuğullangan. Esingizda bölsa, Ser Aleks sönggi mavsumlarida markaziy yarimhimoyaçi pozitsiyasi uçun qiynalib, nafaqaga çiqqan Skoulzni qaytargandi. Xöş, öşa voqeadan keyingi transfer oynasida kimni sotib olişgan deb öylaysiz? Van Persi va Kagavani.
Ya'ni Kriştianu Ronaldu kabi futbolçini sotib oliş imkoni böla turib, undan voz keça oladigan klub yöq. Hatto sxema va pressing jinnisi Pep Gvardiola ham bunday transferga veto qöya olmadi. Yöq deyiş ilojsiz.
Uçinçidan, Sulşer uşbu transfer haqida gapirar ekan, Ronalduning “Old Trafford”ga kelişi yoş futbolçilarning ösişida katta ta'sirga ega bölişi haqida gapirdi. E'tibor bering, uning maydondagi ta'siri öz yöliga, murabbiy esa bu transfer “MYu”ning uzoq yillar möljallagan rejalari uçun ayni muddao ekanini aytmoqda. Sulşer loyiha deganda jamoadagi pozitsiyalar va uslublarni işlab çiqişdan köproq, jamoaviy muhit, umumiy kayfiyatni e'tiborga olişi sir emas.
Yaqinda Varanning transferi haqida gapirar ekan, Pol Pogba uning YeÇL va JÇ kabi turnirlarni yutgani, ulkan tajribasi yoş futbolçilarga qöşimça motivatsiya berişi mumkinligini aytgandi. Ronaldu bu borada yanada ustun – futbol tarixidagi eng yaxşi futbolçilardan biri bölib ulgurgan, bir neçta Oltin töp sohibi hali ham öziga yangi kuç topayotgani va ğalabalarga taşna ekani heç narsa yutmay yulduz maqomini kiyib olişga yaqin turgan bugungi avlod futbolçilarga ijobiy ta'sir körsatişi şubhasiz.
Ronalduning katta oyligi jamoa muhitiga salbiy ta'sir qilmaydimi?
Eng avvalo, aytiş kerakki, Ronaldu “Yunayted” uçun Aleksis Sançes emas. Esingizda bölsa, aynan çililik hujumçining “MYu”ga katta maoş bilan kelişi Pogba, Marsiyal kabi futbolçilarga ta'sir qilgan, yakunda Mourinoning iste'fosiga ilk ğiştlar aynan öşa transfer bilan qöyilgandi. Ammo Sulşerning boşqaruv uslubi Jozenikidan farq qilişini e'tiborga oliş bilan birga Ronalduning darajasini ham unutmaslik kerak.
Şubhasiz, Ronaldu nafaqat Mançesterda, balki APLda eng yuqori maoş egasi böladi. Manbalarda kelişiça, klub Ronalduning maoşi uçun soliqlar bilan 500 ming funtga yaqin pul sarflaydi: bu klubdagi eng yuqori maoşdan 1,5 barobar katta. Ammo jamoa muhitida bu muammo yaratadi deb öylamayman.
Birinçidan, Ronaldu juda kam summaga olindi, “Yuventus” amalga oşişi aniq bölgan bonuslar bilan 25 million atrofida oladi. Tabiiyki, salkam erkin agent sifatida kelayotgan futbolçining maoşi yuqori bölişi tuşunarli böladi. Transferi uçun katta summa tölangan futbolçilar bunga qarşi bölmasa kerak.
Ikkinçidan, ma'lumki Reşford, Bruno, Sanço, Grinvud kabi futbolçilar Ronalduning şonli yillarini tomoşa qilib, unga havas qilib ulğayişgan. Öz kumiri bilan bir jamoada öynaş istagi boşqa jihatlarni yopib keta oladi. Varan Ronaldu bilan sobiq jamoadoş, Pogba bilan ham muammo tuğilmasa kerak.
Ronaldu uçun töğri tanlov böldimi?
Kriştianuning faoliyatiga nazar taşlasangiz, u özining eng yaxşi yillarini Fergyuson, Mourino, Ançelotti va Zidan qöl ostida ötkazgan. Bu murabbiylarning umumiy jihatini tezda anglaş mumkin: ularning har biri uslubga qattiq yopişadigan, yuqori pressing va töp nazoratini taktikaning poydevoriga aylantiradigan murabbiylar toifasiga kirişmaydi. Bu murabbiylarning ustunligi boşqa – har bir futbolçining individual ustunliklari va kamçiliklaridan kelib çiqqan holatda, ular uçun eng yaxşi şaroitni yaratiş. Futbolçilar mavjud uslub yo sxema yölida qurbon qilinmaydi, aksinça, uslub futbolçilarga qarab tanlanadi. Şuning uçun ham bu murabbiylarning (Jozedan taşqari) jamoalarida yaqqol ajralib turuvçi, tanisa böladigan uslubni körmaysiz. Gvardiola yoki Kloppni jamoaga qarab taniş mumkin, lekin Fergyuson şunça yil davomida yaratgan bir neça “Yunayted”lari bir-biriga umuman öxşamaydi.
Sulşer köp jihatdan nomlari sanalgan murabbiylarga öxşab ketadi. Doim pozitsion öyindagi kamçiliklari tanqid qilinadigan norvegiyalik murabbiyni Tuxel yoki Nagelsmanga qiyoslab bölmaydi. Ronalduning Turindagi muammolari ham aynan Sarri va Pirloning pressingli futbolida közga taşlanayotgandi.
Bundan taşqari, Ronaldu uçun “Old Trafford” öz uyidek, aynan şu yerda u özini çinakamiga baxtli his qilgan. Madriddagi davrlar Ronaldu uçun haqiqiy iş edi, sovrinlar, “Oltin töp”lar barçasini yaşirgan bölsa, “Yuventus”da YeÇL yoki individual sovrinlarning yöqligi yakunda ketiş qaroriga olib keldi.
“Milan” va “Inter”ning yangi mavsumda kuçsizlangan holda kirib kelişi, pandemiya tufayli “A Seriya”ning yarim jamoasi inqiroz yoqasiga kelib qolgani esa endi Italiya çempionatini hatto Fransiya Ligasidan ham keyingi öringa tuşirib qöydi. Doim diqqat markazida bölişni istaydigan Ronaldu uçun APL eng yaxşi variant edi.
Sulşer uçun asosiy muammo: asosiy tarkib qanday böladi?
Tabiiyki, agar Ronaldu sizning jamoangizga kelişni istasa, voz keça olmaysiz, bu aksioma. Ha, 36 yoş, avvalgi Ronaldu emas, lekin şu holida ham u Italiyada töpurar bölib, yaqinda “Çelsi”ga rekord narxda kelib qöşilgan Lukakuni barça körsatkiçlarda ortda qoldirdi. Tağinam, Lukaku mavsumni özi uçun ideal trener bilan, Ronaldu esa “baxsiz” holda ötkazdi.
Töpurar, haqiqiy “qotil” hujumçiga ehtiyoj “MYu”da doim bölgan, şuning uçun ham Edinson Kavanining ba'zi şartlariga könib bölsa-da, jamoada olib qolişga harakat qilindi. Ronaldu esa jamoadagi gol muammosini osonlik bilan yeçişi mumkin. Lekin boşqalar nima böladi?
Kriştianu kelmasidan oldin ham “MYu” Elanga va Diallo uçun ijara jamoasi axtarayotgandi va topa olmayapti. Bu ikki yoş futbolçidan taşqari hozir tarkibda Reşford, Marsiyal, Sanço, Grinvud, Kavani, Jyeyms bor – hujumdagi 3 öringa 6 futbolçi. Endi bu guruhda Ronalduni va faqat çap qanot yarimhimoyaçisi sifatida (Ronalduning pozitsiyasi) eng yaxşi öyinini körsatayotgan Pogba bor. 3 pozitsiyaga 8 futbolçi. Kuçsizroq raqiblarga qarşi Pogba markazga ötkazilgan taqdirda ham, yana 4 futbolçi zaxirada qoladi. Katta ehtimol bilan klub Jyeyms va Marsiyalni imkon qadar tezroq sotib yuboriş yölini axtarişi kerak. Özi şundoq ham dedlayngaça uç kun içida Lingard va Donni van De Bek masalasi hal qilinişi bölib turgan paytda qöşimça muammo paydo böldi.
Yana bir mulohaza, Ronalduni töliq “töqqizlik” maqomiga ötkaziş hozirgi şaroitda eng maqbul yeçimlardan biri bölardi. Karlo Ançelotti ança yil oldin Ronaldu asta-sekinlik bilan uşbu pozitsiyaga tayyorlanayotgani haqida fikr yuritgandi. Barçasi şu tomonga qarab ketayotganda, Ronaldu uzoq vaqt töpsiz harakatlanişga könmay, öynaş uçun ortga yoki örganib qolgan çap qanotiga ötib ketaverdi. Vaqt ötib, tezlik va dribling avvalgidek emasligini Ronaldu tuşunişi, yanada tezkor va kuraşuvçan APLda uning uçun eng töğri yöl yaqqol hujumçi ampluasi ekaniga rozi bölişi kerak.
Bu biratöla ikki muammoni yeçadi. Birinçidan, Ronaldu transferi “MYu”ning aynan oğriqli pozitsiyasini, Marsiyal, Reşford, Grinvud navbati bilan sinab körilayotgan, Kavani esa butun mavsum töldira olmaydigan “töqqizlik” ampluasini yopadi. Ikkinçidan, Ronalduning kelişi Pogbaning pozitsiyasiga ham ziyon yetkazmaydi. Sulşerning hujum ortidagi uçligi – Pogba, Sanço, Grinvud, Bruno, Reşford kabi futbolçilardan taşkil topişi va doimiy ravişda maydonda örin almaştiriş bilan raqiblarni çalğitişi kerak. Ronaldu bu rolga bugun mos kelmaydi.
Yana bir muammo, Sulşer katta öyinlarda imkon qadar raqibning tarkibidan kelib çiqqan holda, bor öyinini şunga qarab tuziş va raqib ustunliklarini yöqqa çiqariş orqali minimum natijani kafolatlaş bilan şuğullanadi. Bu holatda butun tarkib töqson daqiqa öziga biriktirilgan futbolçiga pressing qiliş bilan şuğullanadi. Bu taktikada Ronalduni, buning ustiga Pogba bilan birga tasavvur qiliş imkonsiz. Sulşer bu masalaga qanday yeçim topadi? Buni kuzatiş ham qiziq.
Töğri, juda köpçilik Ronalduning qaytişi ajoyib ertak bölsa-da, futbol nuqtayi nazaridan “MYu”ning rivojlanişini sekinlaştirişi mumkinligi haqida yozmoqda. Lekin yuqorida aytilganidek, “Yunayted” ham, Sulşer ham “Yunayted” loyihasiga maydonda mukammal jamoa uçun “pazzl” yiğiş nuqtayi nazaridan qaramagan. Yulduz futbolçilarning, buning ustiga u Ronaldu bölsa, tarkibga kelib qöşilişi klub ğoyalariga mos keladi. Şuningdek, ma'lum bir darajaga yetiş uçun 3-5 yillik loyiha ustida işlaş top-klublar uçun doim ham töğri bölavermaydi. “Çelsi”ni qarang, şunçaki joriy yeçimlar bilan ham APLda, YeÇLda ğalaba qozoniş mumkinligini körsatmoqda. Taxtga qaytiş uçun uzoq muddatli rejalarga ehtiyoj yöq. Yildan yilga bosimning ortib ketmasligi, muxlislarni doim emotsiyada uşlab turiş uçun ham “Yunayted”dek klublarga lokal yutuqlar ham kerak. Ronalduning “Old Trafford”da töp surişi ham mana şunday ğalabalardan biri, muxlislarga baxt ulaşişning yana bir yöli. Ayniqsa, Superliga maşmaşasi ortidan muxlislar bilan öta yomon holatga kelib qolgan Gleyzerlar uçun otni qamçilaş vaqti.
Bu transfer nafaqat “MYu” muxlislariga, balki umuman futbolga boşqaça tuyğularni taqdim etişi ham şubhasiz. Pandemiyadan keyingi şafqatsiz davrda, Messi sevimli Barselonasida qola olmayotgan, Keynni “Tottenhem”ga qamab qöyişgan, Holandning agenti “menga qirq million kim bersa, mijozim öşa yerda öynaydi”, deyayotgan ğalati kunlarda Ronalduning transferi ayni muddao böldi. Köproq pullar, balki köproq sovrinlar taklif qilinişi mumkin bölgan şaroitda uning öz uyini, bolaligini, muxlislarni tanlagani qandaydir bugungi ölçovlarga mos bölmagan, lekin eng tuşunarli qaror böldi. Xayriyat.
Qahramon Aslanov












