Qozoğistonning Jambil oblasti harbiy bazasi hududida joylaşgan öq-dori omborida yana portlaş yuz berdi. Portlaş kuçsiz bölib, atrofda odamlar yöqligi sababli heç kim zarar körmagan.
“26 avgust kuni yonğin sodir bölgan muhandislik öq-dori ombori hududida 29 avgust soat 12:20 atrofida portlaş qayd qilindi. Buning sabablari aniqlaştirilmoqda”, deb ma'lum qilingan Qozoğiston mudofaa vazirligida.
Eslatib ötamiz, 26 avgustda Jambil oblastidagi harbiy qism hududida portlaş sodir böldi. Uning oqibatida 13 kişi halok bölgan, yana 98 kişi jarohat olgan.
Uşbu hodisa ortida Qozoğiston mudofaa vaziri iste'foga çiqmoqçi ekanini ma'lum qilgan.












