Internetda Qandahor ustidan AQŞ harbiy vertolyoti uçib yurgan videolar tarqaldi. Bunday roliklarning birida vertolyotga tros bilan osib qöyilgan odamni köriş mumkin.
The Independent naşrining ta'kidlaşiça, videolarda aynan Black Hawk UH-60 vertolyotlari aks etgan. Naşr ma'lumotlariga köra, toliblar AQŞ qöşinlari Afğonistondan olib çiqilişi vaqtida taşlab ketilgan bunday vertolyotlarning köpini qölga kiritgan bölişi mumkin. Avvalroq AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp Vaşington Afğonistondan qöşinlarni olib çiqqandan keyin u yerda bir neça milliard dollarlik eng zamonaviy qurollarni, jumladan Black Hawk vertolyotlarini taşlab ketganini aytgandi.
OAV ma'lumotlariga köra, hozirda Qandahorda toliblarning oliy yetakçisi Haybatulla Oxundzoda qolmoqda. U yaqin kunlar içida omma oldida paydo bölişni rejalaştirmoqda.












