Jamğarma Islom taraqqiyot banki, Özbekiston hukumati va Saudiya Arabistonini örtasida taşkil etilgan bölib, boşlanğiç kapitali 100 million dollarga teng.

Jamğarma tuzilişidan asosiy maqsad Özbekistondagi kiçik va örta korxonalar, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va biznesini rivojlantiriş uçun moliyaviy va moliyaviy bölmagan yordam olişlari mumkin bölgan qulay investitsiya platformani yaratiş hisoblanadi.

Boşlanğiç kapitali 100 million dollarga teng bölgan jamğarma mablağlarining 35 mln dollari Özbekiston hukumati, 20 mln dollari ITB va qolgan 45 million dollari saudiyalik investorlar tomonidan moliyalaştiriladi.

Sinov bosqiçi muvaffaqiyatli ötgandan söng boşlanğiç fond miqdori asta-sekin 500 million dollarga yetkazilişi rejalaştirilgan.

Jamğarma Özbekistonda 102 mingdan ortiq töğridan töğri iş örinlarini yaratişi va 34 mingdan ziyod kiçik va örta korxonalar hamda tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda.