Ma'lumotlarga köra, önlab namoyişçilar prezident saroyiga kirmoqçi  bölganida toliblar közdan yoş sizdiruvçi gaz, şuningdek, qalampir ballonlari va elektroşokerlar qöllaşgan.

Aksiya iştirokçilaridan biri Reuters agentligiga toliblar ayollarning boşlariga urgani haqida ham gapirgan.

Tolo News xabariga köra, «Tolibon» aksiyani ötkaziş vaqtida nazorat izdan çiqib ketgani va tartibsizlik yuzaga kelgani haqida ma'lumot tarqatgan.

Afğonistonda toliblar Kobulda hokimiyatni qölga olişidan köp vaqt ötmay Hirotda ham şu kabi aksiyalar bölib ötgandi. Ayollar işlaş huquqi, şuningdek, davlat boşqaruvida iştirok etişlari ta'minlanişini talab etişmoqda.

«Tolibon» yaqin kunlarda hukumat tarkibini e'lon qilişi kutilayotgandi. Ammo harakat içida böliniş yuzaga kelgani tufayli bu muddat keçikmoqda. Yangi hukumat tarkibida rahbarlik lavozimlariga ayollar tayinlanişi ehtimoli deyarli yöq, holbuki toliblar Kobulni egallagaç bergan ilk bayonotlarida şunday bölişini va'da qilişgandi.

«25 yil oldin toliblar kelişganida ular mening maktabga borişimga yöl qöyişmagandi», deydi jurnalist Azita Nazimiy Tolo portaliga.

Köpçilik Afğonistondagi yangi rejim ham toliblarning 1996-2001 yillardagi boşqaruvidan farq qilmasligidan xavotirlanmoqda.

Öşanda mamlakatda şariat qonunlari qöllangan. Qizlar ta'lim olişi taqiqlangan, ayollarga işlaş, zamonaviy liboslarda yuriş va köçaga mahramisiz çiqişi mumkin bölmagan.

Turmuş örtoğiga xiyonat qilgan ayollar toşböron qilib öldirilgan, öğirlik qilganlarning qöli kesilgan, bolalarni öğirlaganlar omma oldida dorga osilgan. Ayrim holatlarda tirnoğini böyagan qizlarning barmoqlari kesilgan.

Bu safar hokimiyatga kelişi bilanoq «Tolibon» öz pozitsiyasini «yumşatgani» haqida ma'lum qildi: harakat vakillari ayollar huquqlarini «afğon normalari va islom qadriyatlari» doirasida hurmat qilişga va'da berişdi, ötgan haftada esa ayol şifokorlardan öz işlariga qaytiş söraldi.

Toliblar yangi hukumatda ayollar ham bölişi mumkinligini istisno etmagandi, ammo ular asosiy lavozimlarni egallay olişmaydi, masalan, vazirlik lavozimiga erişiş ular uçun imkonsiz.