Ikkinçi Xalqaro baxşiçilik san'ati festivalini ötkaziş joyi etib Nukus şahri belgilandi. Bu haqda AOKAda ötkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

Festivalda mahoratli baxşilarni saralab oliş maqsadida joriy yilning 12-14 sentabr kunlari Nukus şahrida baxşilar örtasida körik-tanlov taşkil etiladi.

Tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va Özbekiston san'ati ustalari hamda baxşi-şoirlar konsertlari ötkaziladi. Şuningdek, sayillar, baxşiçilik san'ati tarixiga oid körgazma, özbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida naşr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma'rifiy adabiyotlar namoyişi bölib ötişi rejalaştirilgan.

Festival doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan konferensiyani epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda onlayn va offlayn (gibrid) şaklda ötkaziş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil aprel oyining uçinçi ön kunligida festivalning oçiliş marosimi Nukusda boşlanib, yakuniy qismi Möynoqda bölib ötişi rejalaştirilgan edi.