Bugun, 8 sentabr kuni Toşkentda “Adolat” SDPning X qurultoyi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbirda 24 oktyabr kuni bölib ötadigan Özbekiston prezidenti saylovida partiya tomonidan iştirok etadigan nomzodni tasdiqlaş masalasi körib çiqildi.
Qayd etilişiça, delegatlar "Adolat" partiyasi markaziy kengaşi raisi Bahrom Abduhalimovni prezidentlikka nomzod sifatida ma'qullaşdi.
Ma'lum qilinişiça, nomzod 2020 yildan boşlab partiya rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bahrom Abduhalimov 1959 yil 27 fevralda Toşkent şahrida tavallud topgan. Toşkent davlat universitetini tamomlagan (1981 yil). Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutida kiçik, katta ilmiy xodim, bölim boşliği, ilmiy kotib, ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, direktor, Özbekiston prezidenti davlat maslahatçisi lavozimlarida işlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va şarqşunoslik sohasidagi olim.
U 2011-2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida işlagan. 2020 yilning oktyabrida “Adolat” SDP siyosiy kengaşi raisi etib saylangan.
Özbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – “Adolat” SDP, “Milliy tiklaniş” DP, ÖzLiDeP, XDP va Özbekiston Ekologik partiyasi öz nomzodini ilgari suriş huquqiga ega. Saylov 24 oktabr kuni bölib ötadi.













